"Navbahor": Tayyorgarlik bugundan boshlanadi
08 iyu 2017 15:48
Yangiliklar
"Navbahor": Tayyorgarlik bugundan boshlanadi
Dastlabki rejaga ko'ra o'quv-mashg'ulot yig'inini Dukentda o'tkazish ko'zda tutilgandi. Lekin, oldingi rejaga o'zgartirish kiritildi. SHu sababli futbolchilarimiz bugundan mashg'ulotlarga Namanganda kirishishadi. Namangandagi yig'in 15 iyulga qadar davom etadi. SHundan so'ng “Navbahor” ikkinchi davraga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini Toshkentda davom ettiradi. Poytaxtdagi mashg'ulotlar 25 iyulga qadar davom etadi. Tabiiyki Toshkentdagi mashg'ulotlar chog'ida nazorat uchrashuvlari ham o'tkaziladi. Ayni paytda murabbiylar to'rtta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishni rejalashtirishgan.
Namangandagi yig'in davomida ham bitta nazorat o'yini o'tkaziladi. 14 iyul kuni futbolchilarimiz birinchi liga vakili “O'zDongJu” jamoasi bilan bahs olib borishadi. Mazkur uchrashuv Namangandagi “Markaziy” o'yingohda o'tkazish ko'zda tutilgan. Bugun kunning ikkinchi yarmida klub qarorgohida yig'ilgan jamoamiz azolari kechki payt dastlabki mashg'ulotda qatnashishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar