So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

"Navbahor": Tarkibga yangilar qo'shilishdi Yangiliklar

"Navbahor": Tarkibga yangilar qo'shilishdi

Bugun futbolchilarimiz qisqa muddatlik dam olishdan so'ng yana mashg'ulotlarga kirishishadi. Avval xabar berib o'tganimizdek, navbatdagi yig'in ham Toshkentda o'tkaziladi.
Bu safargi mashg'ulotlar davomida tarkibga yangi futbolchilarni qo'shilishini aytib o'tish joiz. Xususan ayni paytda jamoamizning “O'zbekiston” mehmonxonasidagi vaqtinchalik qarorgohiga o'tgan mavsumni Samarqandning “Dinamo” klubida o'tkazgan Sanat SHixov hamda “Qo'qon-1912” jamoasida to'p surgan Rahmatillo Meliboevlar etib kelishdi. SHuningdek, moldovalik hujumkor yarim himoyachi Sergey Georgiev ham ko'rikdan o'tish uchun “Navbahor”ga taklif etildi.

Georgiev 2014 yilgi mavsumni Tiraspolning “SHerif” klubida o'tkazganligini qo'shimcha qilish joiz. 23 yoshli yarim himoyachi shu paytga qadar asosan “SHerif” sharafini himoya qilgan. 2013 va 2014 yilgi mavsumni Georgiev “Tiraspol” va “Dinamo-Avto” klublarida o'tkazgach, o'tgan yili yana “SHerif”ga qaytgan. Faoliyati davomida 123 ta uchrashuvda maydonga tushgan yarim himoyachi raqiblar darvozasiga 16 ta gol urgan. 1991 yilning 20 oktyabrida CHirsova shahrida tug'ilgan to'rt marta Moldova chempionligini qo'lga kiritgan. SHu bilan birgalikda ikki marta Moldova kubogida ham zafar quchgan. Bir bor esa MDH CHempionlar kubogini ham qo'lga kiritgan.

Yaqin kunlarda jamoamiz safiga bolgariyalik posbon Emil Mixaylov ham qo'shiladi. Bolgariya “A” ligasida ishtirok etayotgan “Marek” klubidan taklif etilgan ushbu posbon 1988 yilning 5 may sanasida tug'ilgan. 26 yoshli darvozabon “Marek”dan tashqari shu paytga qadar mamlakatning “Akademik”, “Razgrad”, “Lokomotiv” (Sofiya) va “CHerno More” jamoalari sharafini ham himoya qilgan. Professional faoliyatini 2010 yilda boshlagan Mixaylov Bolgariya chempionatlarida 55 ta o'yinda maydonga tushgan. Ayni paytda darvozabonga O'zbekiston vizasini olish uchun zarur hujjatlar O'zbekiston futbol Federaciyasiga taqdim etildi.

Hujjat bilan bog'liq ishlar yakuniga etgach, Mixaylov shu kunlarda yurtimizga etib kelib jamoamiz safiga qo'shiladi.  Oldingi yig'in chog'ida ko'rikdan o'tish uchun taklif etilgan serbiyalik hujumchi Aleksandar Leposavichni “Navbahor”da qolmasligini ehtimoli yuqori bo'lib turibdi.

Ertaga jamoamiz safiga 2014 yilgi mavsumni “Dinamo”da o'tkazgan Azamat Bobojonovni ham qo'shilishi kutilmoqda. Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi hali selekciya ishlarini to'xtatmaganligini qo'shimcha qilish joiz.

Jamoani kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilarning nomzodlari ko'rib chiqilmoqda. “Navbahor”ni kuchaytirishi mumkin bo'lgan futbolchilar esa yig'inlarga jalb etiladi. Murabbiylar ko'rigidan o'tgan o'yinchilar esa navbatdagi mavsumni “Navbahor”da o'tkazish imkoniga ega bo'lishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика