So’nggi yangiliklar

14:19Ўзбекистон U23 терма жамоаси янги либосларда машғулот ўтказди  2 13:41"Барселона" янги мавсум учун либосини тақдим этди  4 13:26ФИФА рейтинги янгиланди. Ўзбекистон кўтарилди  11 13:08Аёллар ОЧЛ саралаш босқичига қуръа ташланди. Бу баҳсларда қайси жамоамиз иштирок этади?  1 12:5836 ёшли Ракитич Гаттузо, Перишич ва Калинич бор Хорватия клубига ўтади  2 12:34Клопп Англияга рад жавобини берди  3 12:01ПСЖ Осимхен учун икки ҳужумчидан бирини танлаши керак  2 11:47"Бунёдкор" Тошкентда учта ўртоқлик учрашуви ўтказади. Рақиблардан бири терма жамоа  2 10:45ПСЖ икки нафар супер трансфер бўйича келишувга эришди — Фабрицио Романо  6 10:13«Арсенал» Европа чемпионини сотиб олмоқчи  1 09:45«Барселона» собиқ футболчиси ярим йиллик Саудия Арабистонидаги фаолиятидан сўнг Европага қайтмоқчи  6 09:18Англия терма жамоасини бошқариш учун асосий номзод номи маълум  4 08:50ОКМК сафида албаниялик легионер кўрикдан ўтмоқда  2 08:21Мессига гапирган гапи учун Аргентина вазир ўринбосари ишдан олинди  19 07:57Қорақалпоғистонда жойлашган «Турон» стадиони халқаро стандартларга мос реконструкция қилинади  12

Superliga. "Surxon" so'nggi daqiqalarda "Navbahor" maydonidagi g'alabani qo'ldan chiqardi Yangiliklar

Superliga. "Surxon" so'nggi daqiqalarda "Navbahor" maydonidagi g'alabani qo'ldan chiqardi

Tez orada O'zbekiston Superligasi 4-tur doirasidagi "Navbahor" - "Surxon" o'yini yakunlandi.

"Navbahor" — "Surxon" 2:2

Bosh hakam: Sultonmurod Abdurahmonov

Qanot hakamlari: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov

Zaxira hakami: Mamurjon Ilhomov

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Timur Gaynullin  

Nazoratchi: Aleksandr Popov   

Komissar: SHerzod Rajabov

Gol: 0:1 — 23, Sunnatulloh Hamidjonov, 0:2 — 32, Jahongir Abdusalomov, 1:2 — 49, Azim Ahmedov, 2:2 — 90+5, Toma Tabatadze (penalti).

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 7. Azim Ahmedov (s), 8. Siavash Haqnazari (11. Asadbek Sobirjonov, 33), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov (77. Abrorbek Ismoilov, 79), 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboev, 17. Ruslanbek Jiyanov (33. SHodiyor SHodiboev, 90), 22. Toma Tabatadze, 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev.

Zaxira: 12. Aleksandr Lobanov, 6. Ibrohim Yo'ldoshev, 21. Giorgi Nikabadze, 24. Dostonbek Abdulhaev, 27. Ozodbek O'ktamov, 71. Navro'zbek Iminjonov.

"Surxon": 16. Dilshod Yo'ldoshev, 3. Sunnatulloh Hamidjonov, 4. Nodirxon Nematxonov, 7. Dostonbek Tursunov (20. Sardorbek Mahmudov, 65), 8. Humoyun SHerbo'taev, 9. Ulug'bek Hoshimov (77. Asadbek Karimov, 90+6), 10. Dmitri Pletnev (99. Komron Saidazimov, 65), 15. Diyor Ramozonov, 17. Jahongirbek Abdusalomov, 19. Muhammad-Ali Abdurahmonov (27. Asilbek Jumaev, 81), 66. Behro'z SHaydulov.

Zaxira: 86. Davron Merganov, 5. Azizbek Pirmuhammadov, 14. Sarvar Abduhamidov, 21. Davlatjahon Muhiddinov, 28. Abduqodir Amirqulov.

Ogohlantirish: Nodirxon Nematxonov (15)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+8. Dilshod Yo'ldoshevdan ajoyib seyv!

90+5. GOL! Tabatadze penaltidan hisobni tenglashtirdi!

90+4. "Surxon" darvozasiga penalti belgilandi! Hamrobek raqib jarima maydonida SHerbo'taev tomonidan yiqitildi.

90+2. Hoshimov javob zarbasini yo'lladi. Biroq mehmonlar hujumchisining urinishi biroz omadsiz ko'rinish oldi.

90+1. Jokich o'ta qulay vaziyatda Tabatadzening yuqoriga tepish rekordini yangiladi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

87. Hoshimov to'p uchun kurashda Ahmedovga imkoniyatni boy berdi, aks holda "Surxon" hujumchisi raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka qolishi mumkin edi.

81. "Surxon"da o'zgarish: Jumaev Abdurahmonovni almashtirdi.

80. Tabatadze yana bir vaziyatni ko'kka sovurdi.

79. "Navbahor"da o'zgarish: Iskanderov o'rniga Ismoliov maydonga tushirildi.

Bugungi uchrashuvni kuzatish uchun Namangandagi "Markaziy" o'yingohiga 9850 nafar tomoshabin tashrif buyuribdi.

74. ZARBA! Saidazimovning jarimadan yo'llagan zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi. Aks holda, ehtimol, tur golini ko'rgan bo'lar edik.

70. "Surxon"ning qarshi hujumi xavfli chiqdi, ammo mehmonlar so'nggi zarbani yo'llashda kechikdi.

68. Tabatadze raqib jarima maydonida "Surxon" himoyachisini aldashga urinib, to'pni yo'qotdi.

65. "Surxon" tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

60. Sobirjonov raqib jarima maydoniga oshirilgan to'pni to'xtatishga urindi, biroq bu urinish raqib himoyachilari tomonidan darhol bartaraf etildi.

56. Tabatadzening yaqin masofadan yo'llagan zarbasi o'ta noaniq ko'rinish oldi.

54. Yovan Jokichning zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

49. GOL! Burchakdan uzatilgan to'p Ahmedovning zarbasi bilan yakunlandi. To'p yo'l-yo'lakay Jokichga tegib, darvoza to'riga borib tushdi.

47. Dilshod Yo'ldoshevdan seyv! "Surxon" posboni o'yin davomida ikkinchi marotaba shunday harakat amalga oshirdi.

46. Jiyanovda ikkinchi bo'limning ilk daqiqasidayoq yaxshi vaziyat yuzaga keldi. Mezbonlar raqib himoyachisining qo'lig to'p tekkanini takidladi, hakam esa o'yinni davom ettirish kerakligini aytdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

40. Mehmonlar uchinchi golni urishi mumkin edi, Yusupov seyv amalga oshirdi.

40. Jiyanovning pastlatib yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

39. Sayfiev Abdusalomov bilan to'qnashib ketdi. "Navbahor" himoyachisi raqibiga zarba berib yubordi, hakam esa buni ko'rmadi.

36. Dilshod Yo'ldoshev ham jamoasi g'alabasiga hissa qo'shmoqda, u Ivanovichning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini qaytardi.

32. GOL! "Surxon" ikkinchi marotaba standart vaziyatni golga aylantirdi! Jahongirbek Abdusalomov Bryus Li usulida oyoq cho'zib, SHaydulovning jarimadan uzatgan to'pini raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ydi!

29. Tabatadze burchakdan uzatilgan to'pga bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

25. "Navbahor" ketma-ket ikki marotaba xavfli zarba yo'lladi, ammo biroz aniqlik etishmadi.

23. GOL! "Surxon" hisobda oldinga chiqib oldi! Raqib jarima maydonida to'pni qabul qilib olgan Hamidjonov kuchli zarba bilan O'tkir Yusupov qo'riqlayotgan darvozaning o'tkir burchagini aniq nishonga oldi.

21. Mezbonlarning navbatdagi hujumi ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. O'yin tempi sust hozircha.

16. Jiyanov yaxshi vaziyatga chiqib bordi, biroq hakam ofsayd qayd etdi.

15. Nematxonov tezlikda ketayotgan Jiyanovni to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

14. Jochik maydon markazida Pletnevga nisbatan fol ishlatdi.

6. Tabatadzening bosh bilan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi, shu bois, "Surxon" darvozaboni qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.

4. Siyavash Behro'z SHaydulovga nisbatan qo'pol o'ynadi. Hakam "Navbahor" yarim himoyachisini og'zaki ogohlantirdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика