“Navbahor” - “So'g'diyona” uchrashuviga Umid Ahmadjonov tashrif buyuradi
30 apr 2019 10:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/492851_original.jpg)
![](/upload/storage/492851_220.jpg)
“Navbahor” - “So'g'diyona” uchrashuviga Umid Ahmadjonov tashrif buyuradi
O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Namangan shahridagi stadionning qayta foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etadi.
Xabaringiz bor, “Navbahor” klubi o'zining uy uchrashuvlarini o'tkazuvchi stadion maysasi O'zPFL talablari darajasiga keltirildi. Undagi ilk rasmiy uchrashuvni yuz minglab futbol muxlislari intizorlik bilan kutishmoqda. 4 may kuni “Navbahor” mana shu stadionda Jizzaxning “So'g'diyona” klubini qabul qiladi. Superligasining 7-turidan joy olgan uchrashuv ochilish marosimi nuqtai nazaridan kech soat 19:00 da boshlanadi.
Avvalroq O'FA birinchi vice-prezidenti Andijondagi “Sog'lom avlod”ning qayta ochilishida ham ishtirok etgandi. Bungacha esa u Surxondaryoga tashrif buyurib, “Surxon” futbol klubi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar