"Navbahor": Shevchenko jamoamizda ish boshlaydi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2016, 15:59
Navbatdagi mavsumga hozirlik ko'rayotgan jamoamiz murabbiylar shtabi ham qaytadan shakllantirilmoqda.

Rashid G'ofurov bosh murabbiy etib tayinlangach, murabbiylar shtabiga Shuhrat Mirxoldirshoev qo'shilgandi. Endilikda “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabida mamlakatimizning tajribali murabbiylaridan biri Mikola Shevchenko ham faoliyat olib boradi. O'tgan mavsumlar davomida Bekobodning “Metallurg” klubida ish yuritgan Shevchenko 2015 yilgi chempionat yakuniga etgach, “Metallurg” bilan xayrlashgandi. Murabbiy bugun Namangan yetib keldi. Birozdan so'ng boshlanadigan mashg'ulotda Shevchenko jamoa a'zolariga tanishtiriladi. Ushbu mutaxassis jamoada jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ish yuritadi. Shu o'rinda, G'ofurovga yordamchi sifatida bir qator tajribali mutaxassislar nomzodi ko'rib chiqilganligini aytib o'tish joiz. Yakunda aynan Shevchenkoni murabbiylar shtabidan o'rin olishi oydinlashib, jamoamiz safiga qo'shildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz