So’nggi yangiliklar

12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  1 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  1 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  0 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  2 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  5 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  5 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  23 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0

“Navbahor” rahbariyatida o'zgarish Yangiliklar

“Navbahor” rahbariyatida o'zgarish

Teglar :  Navbahor
O'tgan yilgi chempionat bronza medali sohibi Namanganning “Navbahor” klubida rahbariyatida o'zgarish bo'ldi.

O'zbekiston futbol associaciyasi (O'FA) qaroriga asosan, “Navbahor” klubi yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboevning shartnoma borasida “Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari o'rtasida yuzaga kelgan muammolar sababli, futbolchi Turg'unboev 9 iyulgacha,   u bilan birgalikda har ikki klub mutasaddilari, jumladan, “Navbahor” PFK vice-prezidenti SHamshod Ergashovich Sarikov hamda klub direktori Rasuljon Rahimovich Akramov 6 oy muddatga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlashtirilishgandi.  

O'FAning mazkur qarori ijrosini taminlash bo'yicha bugun “Navbahor” PFK anjumanlar zalida yig'ilish o'tkazildi. Uni Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti SHavkat Abdurazzoqov olib bordi. SHavkat SHokirjanovich o'z so'zida O'FA muammoli vaziyatda “Paxtakor” va “Navbahor” klublarini jazolab, to'g'ri ish qilganligi, oldin bunday vaziyatlarga ko'z yumib ketilganligini takidlab, ushbu qaror bo'yicha “Navbahor” PFK rahbariyatida o'zgarish qilish lozimligini takidladi.

SHundan so'ng, tashkiliy masala ko'rildi. “Navbahor” PFK vice-prezidenti lavozimiga shu paytgacha O'zbekiston va Rossiyadagi ko'plab davlat korxonalari hamda tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan  Baxtiyor Isakdjanovich Usmanov tayinlandi.

“Navbahor” PFK klubi direktori etib, shu paytgacha “Navbahor” PFK qoshidagi “Navbahor-Umid” futbol maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Akmal Mamatovich Rahmonov tayinlandi.    

Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti SHavkat Abdurazzoqov har ikki yangi saylangan rahbarga yangi lavozim va ishlarida omad, shuningdek, “lochinlar”ning yangi mavsumda o'z oldiga qo'yayotgan yuksak maqsadi, yani mamlakat chempionligini qo'lga kiritish yo'lida muvaffaqiyat yor bo'lishini tiladi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика