So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  1 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

"Navbahor" rahbariyati jentlmenlik qilmadi" - Ulug'bek Mirzaev Yangiliklar

"Navbahor" rahbariyati jentlmenlik qilmadi" - Ulug'bek Mirzaev

Olamda "Bunyodkor"ning moliyaviy holati haqida turli gap-so'zlar yuribdi.

Toshkent klubini boshqarayotgan SHuhrat Maqsudov matbuot anjumanlarida bir necha bor jamoa qiyin kunlardan o'tayotgani haqida gapirdi. Biz bu mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida "qaldirg'ochlar" bosh direktori Ulug'bek aka Mirzaev bilan bog'lanib, muxlislarimizni qiziqtiradigan malumotlar olishga erishdik.

— So'nggi yillarda "Bunyodkor" nomining yonida barqaror sifatini ishlatolmayapmiz. Jamoaning ayni paytdagi moliyaviy ahvoli qanday?

— To'g'ri. Mazkur muammo faqat bizniki emas, barcha o'zbek klublarida moliyaviy muammolar bor. Buning ildizi jamoalarimizning boqimanda ko'rinishda hayot ko'rishlariga borib taqaladi. Yani, xarajatlarning hammasi klubga biriktirilgan bosh homiy tomonidan qoplanadi. Pandemiya davrida homiylar o'z vaqtida mablag' ajratishga qiynalyapti. 

Barqarorlikka erishish juda qiyin. CHunki biz bu borada bosh homiyga to'liq qarammiz. Biroq, xavotir olishga o'rin yo'q. Iqtisodiy muammolar barcha davrlarda bo'lgan esa-da, hali hech kim xarajatlar smetasini yopmay qo'ymagan. Uzilishlar, kechikishlar bo'lsa ham, futbolchi va xodimlarimiz oldidagi qarzdorliklar baribir to'lanadi.

SHu o'rinda SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi murabbiylar shtabi va futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarga qaramay, ijobiy natijalar davom etyapti. Mana, 1 kun oldin "Navbahor"ni kubokdan chiqarib yubordik. Buning ortida murabbiylar shtabi va o'yinchilarning ulkan mehnati yotibdi.

— Demak, "Bunyodkor" iqtisodiy muammolardan yaqin orada to'liq qutulolmaydi?

— Bilasizmi, moliyaviy beqarorlik aynan boqimanda ko'rinishda yashayotgan klublarga xos xususiyat. CHunki bosh homiyda paydo bo'lgan muammolar avtomatik ravishda unga biriktirilgan klubga ham tasir o'tkazadi. Biz mustaqil ravishda mablag' topish yo'liga o'tmas ekanmiz, pul uzilishlari bo'lib turishi tabiiy hol. Bundan fojia yasamaymiz. CHunki boqimanda klub bo'lganimiz uchun dod-faryod qilishga haqqimiz yo'q.

— Sir bo'lmasa, futbolchilar qanchadan beri maosh olishmayapti?

— 2 oy (iyun va iyul).

— Pul, mablag' o'z yo'liga. Tarkibdagi yo'qotishlarga ham ko'z yumib bo'lmaydi...

— To'g'ri aytdingiz, Faxriddin. Jamoamiz etakchilaridan biri Xurshid G'iyosov betobligi tufayli bizga yordam berolmayapti. "Mashal" bilan o'yindagi qizil kartochka tufayli Nurillo To'xtasinov ham 2 o'yinni o'tkazib yubordi. 

SHuningdek, "Navbahor" bilan o'yinda chap qanot himoyachisi Farhod Mirahmatovning xizmatlaridan foydalanolmadik. O'yindan oldin o'ziga xos mashmasha ro'y berdi. Namanganliklar Farhodning bahsda ishtirok etmasligini talab qilishdi, biz qarshi bordik...

— Mirahmatov bilan qanday muammo yuz berdi?

— Xabaringiz bor, yozgi transferlar oynasida "Navbahor"dan Farhod Mirahmatovni ijaraga olgan edik. SHartnomani rasmiylashtirishning dastlabki kunlarida uning Namangan jamoasiga qarshi o'yinlarda maydonga tushmasligi to'g'risida hech qanday band yo'q edi. Lekin, transfer oynasining so'nggi kunlarida narigi tomon bitimga shunday band kiritdi: Farhod "Bunyodkor" libosida "Navbahor"ga qarshi Superliga yoki mamlakat kubogi doirasida o'ynasa, Toshkent klubi 100 mln so'm to'lab beradi. Bu shartga norozi bo'lsak-da, transfer oynasining oxirgi kuni bo'lgani uchun ijara shartnomasini imzolashga majbur bo'ldik. 

O'zPFL reglamentida esa futbolchi ijaraga berilgan klubida eski jamoasiga qarshi o'yinlardagi ishtirokini taqiqlash man qilingan. "Navbahor" bu qoidani ustalik bilan chetlab o'tdi. Yani, hech narsani taqiqlamadi, shunchaki to'lov joriy qildi...

Uchrashuv oldidan komissar ham vaziyatga aralashib, Farhodning maydonga tushishiga ruxsat bermoqchi bo'ldi. Lekin, "Navbahor" rahbariyati o'jarlik bilan bunga qarshi chiqdi. Bu nuqtada bir nechta omillar buzilyapti. Murabbiylar o'yinga tayyorlagan tarkibda o'zgarish yuz berdi, Mirahmatov esa uchrashuvda qatnashib olishi mumkin bo'lgan mukofot pulidan mahrum bo'ldi. O'sha kuni Srechko Katanec stadionda edi. Balki, Farhod maydonda bo'lsa, bir martada uning nazariga tushishi mumkin edi.

Mayli, biz uni maydonga tushirmasak ham, muvaffaqiyatga erishdik. Kubokning nimchorak final bosqichidayoq "Navbahor"ni musobaqadan chiqarib yubordik. Yuqoridagi voqealar fonida bu g'alaba 1 yoki 2 emas, 6-7 hissa yoqimliroq bo'ldi. Yana shuni aytishim mumkinki, ushbu bahsda raqib tufayli qatnasholmagan Farhod Mirahmatovga baribir g'alaba uchun mukofot puli to'lab beriladi.

— Babayanning "Paxtakor"dagi faoliyati davrida ijaraga berilgan futbolchilarning klubga qarshi o'ynashi taqiqlanardi. "Navbahor"dagi bugungi vaziyat ham aynan Samvel Vyacheslavovichning nomi bilan bog'liqmi?

— Hozir kimningdir nomini aytish shart emas. Barcha bu kimning uslubi ekanini va "Navbahor"da qay tariqa paydo bo'lganini yaxshi biladi.

— Boshqa mahalliy klublar bilan ham shunday nizolar uchrab turadimi?

— Keling, uzoqqa bormaymiz. "Navbahor"da boshqa jamoalarga nisbatan salbiy munosabat shakllanib qolgan. Misol uchun, namanganliklar yozda Ibrohim G'anixonovni "Lokomotiv"dan ijaraga olishdi. Va aynan shu futbolchi "temiryo'lchilar" bilan o'yin taqdirini hal qilib ketdi.

Bilishim bo'yicha, Toshkent klubi rahbariyati ham G'anixonovning ijara shartnomasiga agar "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushsa, 100 mln so'm to'lab berilishi to'g'risida band qo'shmoqchi bo'lgan. Ammo, Babayan bunday shart qo'shmaslikni iltimos qilganidan keyin "Loko" rahbarlari rozi bo'lishgan. SHu o'rinda To'labek Akromov va Ravshan Muqimovning raqibga nisbatan professionalligi tahsinga sazovor. 

O'tgan yozda Ibrohimhalil Yo'ldoshevni "Paxtakor"dan ijaraga olganimizda ham hech kim, hech qanday taqiq qo'ymagandi. Bu ham professionallik. Lekin, "Navbahor" bizga qarshi jentlmenlik qilmadi.

— Saytimizda "Navbahor"ning Mirjahon Mirahmadov va Nurillo To'xtasinovga qiziqayotgani to'g'risida xabar chiqqandi. Rostan ham bu borada taklif oldingizmi?

— To'g'ri. Lekin, ular bu holatda ham jentlmenlikka zid harakat qilishdi. Yani bizga tegishli bo'lgan futbolchilarga bizni xabardor qilmasdan, pinhona taklif bilan chiqishgani malum bo'ldi. Bu toza o'yin emas. Ular avvalo "Bunyodkor"ga ogohlantirish xati yuborishlari kerak edi. Bunday bo'lmagach, bevosita klub rahbari bilan aloqaga chiqdim. Samvel Babayan bilan ham keskin tarzda gaplashib oldik. Ularni ish shu zaylda davom etsa, O'FA prezidenti Abdusalom Azizovga xat yozib voqeadan xabardor qilishimiz to'g'risida ogohlantirdik. SHundan keyingina rasmiyatchilik uchun xat jo'natib qo'yishdi.

— "Bunyodkor" transfer bo'yicha aniq taklif olmadimi?

— Transfer oynasining so'nggi kunlarida Mirjahon Mirahmadov uchun dastlab 500 mln, keyin 1 mlrd so'm mablag' taklif qilishdi. "Navbahor" bu mablag'ni birdaniga hisob raqamimizga o'tkazib berishga tayyorligini malum qildi. Ammo, biz "Navbahor" jamoasining 1 mlrd to'lay olishiga ishonmadik. Mana, 2019 yil "Navbahor" bizdan 3 nafar futbolchini 35 mln so'm evaziga yoshlar jamoasiga ijaraga olgan. Lekin, bu mablag' haligacha to'lab berilgani yo'q. SHu tufayli Namangan klubi rahbariyatining bir necha kun ichida 1 mlrd so'm to'lashiga ishonmadik va taklifni rad qildik.

— Demak, "Navbahor"ning "Bunyodkor"dan qarzi bor?

— SHunday. Bilasiz, PFL yozda boshqa klublar oldidagi qarzdorligini yopmagan jamoalarga yangi futbolchilar ro'yxatdan o'tkazilmasligini malum qildi. SHundan keyin "Navbahor" bizdan 35 mlnni to'lash uchun 2021 yilning 31 dekabriga qadar muddat so'radi. Biz ularni tushundik, rozi bo'ldik va "Navbahor" tarkibini yangi o'yinchilar bilan kuchaytirish imkoniga ega bo'ldi. Endi tasavvur qilib ko'ring, 35 mln uchun 6 oy muhlat so'ragan jamoa 2 kun ichida 1 mlrd topa oladimi?

— "Bunyodkor" ham yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazdi...

— Ha, bizning oldimizda ham katta qarzlar bor edi. Barchasini bosqima-bosqich bartaraf qilib kelyapmiz. Masalan, O'zPFLdan badal puli bo'yicha 350 mln qarzimiz bor edi. Yozda bu qarzdorlikni to'liq yopdik. 

— Ushbu intervyudan keyin namanganlik futbol muxlislari ko'p ehtimol bilan siz haqingizda salbiy fikrlar bildiradi...

— Rosti, men "Navbahor" jamoasini ham, Namanganlik ishqibozlarni ham qattiq hurmat qilaman. Haqiqatan ham yurtimizdagi eng ashaddiy muxlislardan hisoblanishadi. Ular mening gaplarimdan ranjishini istamasdim. Faqatgina "Navbahor" rahbariyatining boshqa jamoalarni hurmat qilishini, o'zaro munosabatlarda samimiylikni saqlashini, majburiyatlarini o'z vaqtida bajarishini xohlardim. Transfer uchun 1 mlrd to'lashga tayyor klubning kichik qarzini uzishni paysalga solishi qandaydir mantiqsizlik. SHuning uchun "Navbahor" muxlislari mendan xafa bo'lishmasin. Bugun haqiqatlarni aytdim. Bu orqali kimningdir dilini og'ritmoqchi emasman. Barchasi kubok doirasidagi o'yindan kelib chiqib aytilgan gaplar. Eng muhimi, o'sha uchrashuvda g'alaba qozonishni uddaladik. Raqib g'alaba uchun maydon tashqarisida ham harakat qilgani bilan omad bizga kulib boqdi. Biz shundan xursandmiz. Akademiyamizdagi yosh tarbiyalanuvchilar asosiy tarkibga kirib borayotganidan faxrlanamiz. O'ylaymanki, bu gaplarimni muxlislar to'g'ri qabul qilishadi. 

— Kelasi transfer oynalarida "Bunyodkor" ham ijara shartnomalariga yuqoridagidek band kiritishi mumkinmi?

— Yo'q, biz adolatli tarzda ishlashda davom etamiz. "Andijon", "Olimpik", "Turon" jamoalariga futbolchilarimizni ijaraga berdik. Birorta shartnomaga "Bunyodkor"ga qarshi o'ynamasligi to'g'risida band kiritmaganmiz, kiritmaymiz ham. CHunki raqobat doim sog'lom bo'lishi kerak. "Bunyodkor"ning shiorini bilasiz: Sog'lom raqobat va samimiyat. Biz maydon tashqarisidagi usullarga etibor qaratmaymiz. Aksincha, ular bizga qarshi o'ynashsin, murabbiylarimizga nimalarga qodirliklarini isbotlashsin...

SUPERLIGAda qiziq o'yinlar ko'paydimi?

Muallif :
Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика