FAKT. "Navbahor" "Qo'qon-1912"ni safarda beshta o'yindan beri yuta olmayapti
01 avg 2021 14:12
Yangiliklar
FAKT. "Navbahor" "Qo'qon-1912"ni safarda beshta o'yindan beri yuta olmayapti
Biz esa ushbu bahsga doir qiziqarli fakt va malumotlarni etiboringizga havola qilamiz. Viktor Jalilov boshchiligidagi "Navbahor" jamoasi besh o'yindirki, safarda "Qo'qon-1912"ni mag'lubiyatga uchrata olayotgani yo'q. "Lochinlar" Superliga doirasida so'nggi bor 2015 yilgi mavsumning 11-turida mehmonda "Qo'qon-1912" maydonida uch ochko olishni uddasidan chiqa olgandi.
31.05.2015. 11-tur. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 0:1
01.10.2016. 24-tur. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 1:1
21.10.2017. 25 -tur. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 2:0
31.03.2018. 4-tur. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 1:0
01.12.2019. 26-tur. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 1:1
03.12.2020. 26-tur. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 1:1
QO'QON-1912 – NAVBAHOR
1 avgust 2021 yil. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 20:00
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov
Eslatib o'tib joiz, mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan shu yil 5 iyul sanasidagi elon qilingan Respublika maxsus komissiyasining sport turlari bo'yicha musobaqalarni muxlislarsiz o'tkazish bo'yicha qarori asosida O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan barcha futbol musobaqalari muxlislarsiz o'tkaziladi.
Fikrlar