So’nggi yangiliklar

17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  0 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  4 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  2 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  3 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  1 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  1 13:22"Айнтрахт" Беллингемга кўз тикди  8 12:56"Манчестер Сити" икки футболчи учун 180 млн фунт сарфлайди  18 12:29Камолиддин Тожиев: "Педро Морейра клубдан кетдими? Раҳбариятдан сўраганингиз маъқул"  9 12:26"Насаф"нинг Қўқондаги ғалабали ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:52Криштиану Роналдунинг ўғли финалда дубль қайд этиб, Португалияга ғалаба келтирди  17

“Navbahor” – “Qo'qon-1912”: o'zaro o'yinlar tarixidan Yangiliklar

“Navbahor” – “Qo'qon-1912”: o'zaro o'yinlar tarixidan

Superliga 1-tur doirasidan o'rin olgan “Navbahor” – “Qo'qon-1912” bahsi ertaga Toshkentdagi TTYMI stadionida bo'lib o'tadi.

“Vodiy derbisi” oldidan ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlardagi statistik malumotlari bilan tanishtirib o'tamiz.

O'zaro o'yinlar
“Qo'qon-1912” hamda “Navbahor” klublari shu kungacha 26 bor kuch sinashishgan. 6 ta uchrashuvda “Qo'qon-1912”ning qo'li baland kelgan. “Navbahor” 16 ta o'yinda g'alaba qozongan. 4 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “lochinlar” tomonida: 53-28. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 52 ochkoga ega bo'lgan, “Qo'qon-1912” esa 22 ochkoni qo'lga kiritgan.

O'tgan mavsumdagi o'yinlar
Ushbu jamoalar o'tgan mavsumdagi o'yinlarda bir martadan g'alaba qozonishgan. Qo'qondagi bahsda mezbonlarning qo'li baland kelgan bo'lsa, Namangandagi uchrashuvda ham maydon egalari g'alaba qozonishgan.

Sobiq o'yinchilar
O'tgan mavsumdagi “derbi”larda "Qo'qon-1912" sharafini himoya qilgan – O'tkir Yusupov va G'iyos Komilovlar endi qo'qonliklarga qarshi maydonga tushishlari mumkin. Sobiq o'yinchilar haqida gap ketganda, “Qo'qon-1912” jamoasida tanilgan Igor Golbanni ham qayd etish lozim. Rossiyalik futbolchining O'zbekistondagi birinchi o'ynagan jamoasi – “Qo'qon-1912” klubi bo'ladi.

Kimning transfer narxi baland?
Germaniyaning Transfermarkt.de portali futbolchilarning taxminiy transfer narxini elon qilib borishidan xabaringiz bor. Ushbu saytning malumotiga ko'ra, “Qo'qon-1912” jamoasining umumiy transfer narxi 4,15 million evroga baholgan. Qo'qonliklar safidagi eng transferi yuqori bo'lgan futbolchi Murod Xolmuhamedov bo'lib turibdi. Uning taxminiy transfer narxi 500 ming evroga teng.

“Navbahor”ning umumiy transfer narxi esa 6,13 million evroga baholangan. Namanganliklar tarkibidagi eng qimmat futbolchi – Igor Golban bo'lib, uning taxminiy transfer narxi 900 ming evroni tashkil etmoqda.

Boshlanish vaqtlari
"Qo'qon-1912" - "Navbahor" uchrashuvi, ertaga Toshkent shahridagi TTYMI stadionida soat 15:00 da start oladi. Bugun esa ushbu jamoalarning o'rinbosarlari U-21 birinchiligi 1-turida maydonga tushishadi. Mazkur uchrashuv Qibraydagi stadionda o'tkaziladi. Bahsning boshlanish vaqti – 14:00ga belgilangan.


Navbahor

Oston O'runov - 22'

Superliga. 1-tur

10/03/2019, 15:00

1
:
1
Tugadi

Qo’qon-1912

Shahboz Erkinov - 67'

45'
90'
22'  Oston O'runov
22'  Ivan Solovyov
46'  Ivan Solovyov (Shahzod Shaymanov)
59'  Abbos G'ulomov (Elman Tagaev)
77'  Abduzhamol Isroilov
84'  Abduzhamol Isroilov (Aziz Ibragimov)
48'  Shahboz Erkinov
62'  Iqbol Malikzhonov (Jamshid Hasanov)
67'  Shahboz Erkinov
71'  Suhrob Berdiyev (Milosh Nikolich)
81'  Quvondiq Ro'ziev (Muhammadanas Hasanov)
90'  Javohir Esonqulov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика