So’nggi yangiliklar

19:26Моуринью: "Педри менда "Барселона"дан кўра кўпроқ таассурот қолдирди"  0 18:54ОЧЛ-2. "Насаф" - "Кувайт СК" (матнли трансляция)  13 18:53Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритади. Бу ҳақда бугун эълон қилинади  2 18:30Азимжон Аҳмедов: "Андижон" билан ўзгача ҳисоб-китобимиз бор"  10 17:42Умарали Раҳмоналиев: "АПЛда ўйнашни хоҳлардим"  9 17:14Ўзимизнинг карикатура: Ақлдан озаётган Пеп  7 16:47Қаршида бугун ОЧЛ-2 ўйини бор. Стадиондан "қайноқ" суратлар  2 16:14"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди"  20 15:45 Рустам Турдимуродов: "Навбаҳор" бизга қарши финал алами билан майдонга чиқади"  15 15:12"Бу ўйинни ўзимиз бериб юбордик"  7 14:50Сервер Жепаров Суперлиганинг энг кучли 5 мураббийи ва 5 футболчиси номини айтди  7 14:20"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0 13:52"Бавария" "Барселона"дан учралган 1:4 дан кейин кетма-кет 7та ўйинда гол ўтказмай ғалаба қозонди  2 13:21Гвардиола: "Ўзимга зиён етказишни хоҳладим"  17 12:50Левандовски: "Ўзим ҳам ишонмагандим"  5

"Navbahor" qoidani buzishdan keyin gol urdimi? Deyarli xato kuzatilmagan Superliga 9-turidagi hakamlik tahlili Yangiliklar

"Navbahor" qoidani buzishdan keyin gol urdimi? Deyarli xato kuzatilmagan Superliga 9-turidagi hakamlik tahlili

Rossiyalik ekspertimiz ortda qolgan turdagi vaziyatlar bo'yicha xulosalarini berdi.

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram sahifasi muallifi) Superliganing 9-tur uchrashuvlaridagi etiborga molik vaziyatlarni tahlil qildi.


✅ "Olimpik" – "Andijon" (VIDEO)

O'yin sharhidagi takrorlarning sifati va miqdori bizga hakamning yaqqol xatosi haqida gapirishga imkon bermaydi. "Olimpik" futbolchisi to'pning parvoziga qarab uni tepishga ulgurib qoldi. "Andijon" futbolchisi raqibini ko'rmadi va ehtiyotsizlik oqibatida butsasining cheti bilan unga tegdi. "Kontakt" bo'lishi mumkin, lekin juda kichik. Hujum qilayotgan o'yinchi to'pga oyog'ining pastki qismi bilan intildi, bunday vaziyatlarda penalti belgilanmasligi kerak. Hakam epizodni to'g'ri baholadi, VAR aralashmagani to'g'ri bo'ldi.


❓ "Metallurg" – "Navbahor" (VIDEO)

Men bu epizodni "asosiy" xato deb tasniflamayman. Hakamning o'yinni davom ettirish uchun sabablari bor edi, chunki aslida "Navbahor" futbolchisi to'pga oyoq qo'yib, uning harakatini to'xtatdi. Ammo shu bilan birga u raqibining soniga urildi, natijada oyog'i ilinib qoldi. urilgan. Bundan tashqari, to'pig'iga tegilganmi yoki yo'qmi, to'liq aniq emas. Taxminimcha, "Navbahor" futbolchisi to'pga o'ynashdan tashqari, raqibning chap oyog'i to'pig'iga tegib ketgan. Donoroq hakam hujum vaqtida qoida buzildi deb topardi va bu vaziyatni hamma unutgan bo'lardi. Menimcha, bu VAR uchun aniq holat emas va u aralashmasligi kerak.


✅ "Metallurg" – "Navbahor" (VIDEO)

"Metallurg" darvozaboni jarima maydonchasi chetiga yaqin joyda jamoadoshi bilan turtilib ketdi. Agar hakam bu lahzani shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo'lgan epizod deb hisoblamasa (masalan, jiddiy bosh jarohati), u o'yinni to'xtatmaslikka haqli."“Metallurg" futbolchisining jarohatiga qaraganda (darvozabon uning beliga tekkan), hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qilgan.


✅ "Nasaf" – "Dinamo" (VIDEO)

Hakam "Nasaf" futbolchisini qo'pol qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatgani va VAR aralashuvi to'g'ri edi. Orqadan sakrash bor, zarba joyi to'piqdan yuqorida, butsaning tag qismi, raqibning tayanch oyog'i. To'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka uchun barcha omillar mavjud. Hakam tomonidan yaxshi qaror.


✅❌ "Nasaf" – "Dinamo" (VIDEO)

Hakam "Dinamo" futbolchisiga sariq kartochkani to'g'ri ko'rsatdi. O'yin to'xtatilgandan so'ng to'p bilan yugurib, raqibni asabiylantirgan va to'pni tezda o'yinga kiritishiga to'sqinlik qilgan "Nasaf" futbolchisiga ham ogohlantirish berilishi kerak edi. VAR bunday haolatlarga aralashmaydi.


✅ "Nasaf" – "Dinamo" (VIDEO)

O'ylaymanki, hakam bu vaziyatda hakam sariq kartochka ko'rsatmasdan, faqat og'zaki ogohlantirish bilan cheklanish imkoniyatiga ega edi. "Nasaf" futbolchisi "Dinamo" darvozaboni hali to'pga egalik qilmagan paytda tashlangandi. Darvozabon to'pni qo'lga kiritgan paytda unga nisbatan qo'shimcha harakat yo'q. Jiddiy to'qnashuv, lekin bu futbol. Referiga tasanno.


✅ "Paxtakor" – "Qizilqum" (VIDEO)

To'p uzatish vaqtida "Paxtakor" futbolchisi taxminan 30 smlik ofsaydda (ofsayd chiziqlari uchun rahmat). Yordamchi hakam avval hujumni yakunlash imkoniyatini berib, keyin bayroqchasini ko'tarib to'g'ri qarorga keldi.


✅ "Paxtakor" – "Qizilqum" (VIDEO)

VAR aralashgani yaxshi bo'ldi. To'pni tanasi bilan berkitmoqchi bo'lgan "Paxtakor" futbolchisi oyog'ini ataylab yon tomonga – "podkat" qilayotgan raqib tomonga qo'ydi. Natijada u "Qizilqum" futbolchisining qorin/son sohasiga tepdi. Oyoq yuqoridan pastgacha bordi, oqibatlarni "yumshatish" yo'q (u raqibini jarohatlashdan qo'rqib oyog'ini bosmadi). Hatto "Paxtakor" futbolchisining reakciyasi dalil bo'la oladi – u hammasini o'zi tushundi va hakam bilan bahslashib o'tirmadi. Bu – 100% to'g'ridan-to'g'ri qizil.


✅ "Neftchi" – OKMK (VIDEO)

VAR bu epizodga to'g'ri aralashdi va hakam "Neftchi" foydasiga penalti belgilagani adolatdan bo'ldi. Raqib to'p uzatishni amalga oshirib bo'lganidan keyin OKMK himoyachisining ehtiyotsiz qo'polligi. To'p o'yin maydonini tark etmadi, lekin qoidabuzarlik maydondan tashqarida sodir bo'lgan taqdirda ham penalti belgilanishi mumkin edi.


✅ "Neftchi" – OKMK (VIDEO)

OKMK himoyachisi bunday "podkat" amalga oshirish orqali tavakkal qildi va bu o'zini oqladi. U aniq to'pga o'ynadi. VAR epizodga aralashmagani va hakam o'yinni davom ettirgani to'g'ri bo'ldi.


✅ "Neftchi" – OKMK (VIDEO) 

Uzoq davom etgan ziddiyat. Dastlab OKMKning 11-raqamli va "Neftchi"ning 20-raqamli futbolchilari sariq kartochkaga loyiq edi. Keyin mojaroni davom ettirgani uchun OKMKning 20-raqamli, vaqtni cho'zgani uchun "Neftchi"ning 7-raqamli (u juda uzoq vaqt maydonni tark etmagan) o'yinchisi ham. Umuman olganda, hakam sariq kartochkalarni ozmi-ko'pmi to'g'ri ko'rsatdi, ammo bu mojaroning boshida, tezroq qilinishi kerak edi.


✅ "So'g'diyona" – "Bunyodkor" (VIDEO) 

SHu tariqa Superliganing 9-turidan o'rin olgan uchrashuvlarda hakamlar bitta xatoga yo'l qo'yishdi. Yana bir epizod esa "hakamning ixtiyorida" deb hisoblandi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика