"Navbahor" qizil, "Paxtakor" oq rangli formada o'ynaydi
28 iyu 2018 09:31
Yangiliklar
"Navbahor" qizil, "Paxtakor" oq rangli formada o'ynaydi
Superliga 19-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o'z maydonida Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi.
Mazkur o'yin oldidan har ikki jamoa mutasaddilari, shuningdek, uchrashuv komissari Mamur Saidqosimov ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Unda bo'lajak o'yinga oid bir qator masalalar muhokama qilindi. SHuningdek, jamoalarning uchrashuvda qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari ham malum bo'ldi. Unga ko'ra, bo'lajak bahsda “Navbahor” futbolchilari qizil, “Paxtakor” vakillari esa oq rangli futbolkalarda maydonga tushadigan bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi “Markaziy” o'yingohda soat 20:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar