So’nggi yangiliklar

23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  0 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  5 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  6 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1

“Navbahor” PFK Fayozbekni o'z qaramog'iga oldi Yangiliklar

“Navbahor” PFK Fayozbekni o'z qaramog'iga oldi

Teglar :  Navbahor
13 avgust kuni “Navbahor” jamoasining fidoyi va sodiq ayol muxlisasi, fan-klub azosi, “lochinlar”ni hattoki, safar o'yinlariga ham borib, qo'llab-quvvatlab turadigan Gulchehra Madmarova vafot etgandi.

Gulchehraning orzulari ulkan edi va futbolga qiziqqanligi bois, yolg'iz farzandi, 2008 yilda tavallud topgan o'g'li Fayozbekni kelajakda futbolchi sifatida voyaga etkazib, Evropa klublarida o'ynashini niyat qilardi. SHu maqsadda, Fayozbekni bolaligidan o'zi tug'ilib-o'sgan Uychi tumanidagi futbol maktabiga bergandi. Fayozbek 4-sinfni bitirgach, Namangan shahridagi 1-mahorat maktabi imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib, mazkur o'quv dargohiga qabul qilindi hamda ayni u erda millionlar sir-asrorlarini o'rganmoqda. Sentyabr oyida 7-sinfga o'tadigan Fayozbek Madmarovning ampluasi — himoyachi.      

Afsuski, bevaqt o'lim Gulchehraning niyatlari ro'yobga chiqishiga yo'l qo'ymadi.

Bugun Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov tashabbusi bilan marhum Gulchehra Madmarovning farzandi Fayozbek “Navbahor” PFKga taklif qilindi.     

Klub ofisida Fayozbek bilan klub rahbariyati, jumladan, “Navbahor” PFK prezidenti Otabek Samatov, sport direktori Akmal Sohibov va direktor o'rinbosari Abdumalik Umrzoqov suhbatlashib, unga klub nomidan onasining vafoti munosabati bilan taziya bildirib, klub Fayozbekni o'z qaramog'iga olganligi, har qanday yordamga tayyor ekanliklarini takidlagan holda, kelajakda mahoratli futbolchi bo'lib etishishi, onasining orzularini ro'yobga chiqarishiga niyat bildirishdi. 

SHundan so'ng, Otabek Samatov Fayozbek Madmarovga viloyat hokimi SHavkat Abdurazzoqovning maxsus sovg'asi – krossovka hamda sport kiyimlarini topshirdi. 

Fayozbek bunday etibor uchun viloyat hokimi va klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, kelajakda mahoratli futbolchi bo'lish uchun barcha imkoniyatini ishga solishini aytib o'tdi.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика