So’nggi yangiliklar

07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0

"Navbahor" - "Paxtakor". Uchrashuv prevyusi Yangiliklar

"Navbahor" - "Paxtakor". Uchrashuv prevyusi

Teglar :  NavbahorPaxtakor
1 oktyabr kuni oliy liganing 23-turida "Paxtakor" Namanganda "Navbahor"ga qarshi maydonga tushadi.

Joriy mavsumda o'z maydonida mag'lubiyatga uchramagan "Navbahor" bilan bellashuv keskin kechishi kutilmoqda. O'yinda mezbonlardan darvozabon Asilbek Omonov diskvalifikaciya sababli maydonga tusha olmaydi.

Oliy liganing barcha mavsumlarida ishtirok etib kelayotgan jamoalar 51 bor to'qnash kelishgan. "Paxtakor" 34 g'alabaga erishgan bo'lsa, raqib hisobida 11 g'alaba mavjud. 6 bellashuv durang bilan tugagan. Namanganliklar darvozasiga 91 to'p kiritgan "sherlar" 37 marta gol o'tkazishgan. So'nggi uch mavsumda jamoamiz safardan g'alaba bilan qaytgani etiborga molik.

Uchrashuvni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Tantashev "Paxtakor" ishtirokida chempionatlarda 13 o'yinda hakamlik qilgan. Ularda 9 g'alaba, 3 durang va bir mag'lubiyatni qayd etganmiz. Oxirgi marta joriy mavsum "Obod"ga qarshi uchrashuvda Tantashev ishlagan va jamoamiz 4:1 hisobida g'alaba qozongandi.

"NAVBAHOR" - "PAXTAKOR"
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev (Buxoro), Husniddin SHodmonov (Buxoro), Abdurahmon Qo'ldoshev (Buxoro), Dauletboy Jalimov (Toshkent viloyati).
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).

Yoshlar tarkiblari uchrashuvi 30 sentyabr, shanba kuni To'raqo'rg'ondagi stadionda 16:00da boshlanadi. Asosiy jamoalar o'yini "Markaziy" stadionda 1 oktyabr, yakshanba kuni 18:00da start oladi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика