So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  2 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

"Navbahor" - "Paxtakor". O'yin atrofidagi vaziyat, guldasta ko'targan ayol, Evropacha muxlislik, avtomobilda sotilayotgan chiptalar haqida Yangiliklar

"Navbahor" - "Paxtakor". O'yin atrofidagi vaziyat, guldasta ko'targan ayol, Evropacha muxlislik, avtomobilda sotilayotgan chiptalar haqida

Teglar :  PaxtakorNavbahor
So'nggi vaqtlarda futbol muxlislari o'rtasida "o'zbekcha klassiko" deya tarif berilayotgan "Navbahor" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi uzoq kutilgan va katta qiziqishlarga sabab bo'lgan uchrashuv hash-pash deguncha yakuniga etdi.

Kechagina ushbu bellashuv boshlanishini intiqlik bilan kutayotgan, Kanchelskis-Arveladze raqobatiga tezroq guvoh bo'lishni istayotgan bo'lsak, bugun esa o'sha o'yin tarixda qoldi. Coca Cola Superliganing joriy mavsumda mazkur ikki jamoa o'rtasida dastlab Toshkentda bo'lib o'tgan dramatik uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovor durang bilan yakuniga etgan bo'lsa, kecha Namangandagi "Markaziy" o'yingohda 18500 nafar muxlis qarshisida o'tgan o'yin toshkentliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi. Endi harchand istasak ham bu ikki klub o'rtasidagi navbatdagi "jang"ni ko'rishimiz uchun kelasi mavsumni kutishimizga to'g'ri keladi.



O'zbekiston chempionatiga asos solinganidan buyon unda uzluksiz ishtirok etib kelayotgan ikkita klub o'rtasidagi bellashuvni yoritib borish uchun Namangan shahriga o'yin boshlanishidan ikki soat avval etib bordik. "Markaziy" o'yingoh tomon borar ekanmiz, shu kuni shaharda futbol shukuhi kezib yurganiniga guvoh bo'ldik. Har doim stadionga borish uchun "CHorsu"dan 4-yo'nalishdagi taksidan foydalanamiz, bu gal ham shunday bo'ldi. SHunchaki futbolga qiziquvchi shaxs sifatida bizni olib ketayotgan haydovchi va yo'lovchilar bilan "Navbahor"ning "Paxtakor"ga qarshi kechadigan uchrashuvi xususida suhbatlashdik. Tushunishimizcha, kechagi uchrashuvdan oldin mezbon muxlislarga Andrey Kanchelskisning jamoa bosh murabbiyligiga qaytishi g'alabaga bo'lgan ishonchni yanada shakllantiribdi. "Paxtakor" qanchalik kuchli bo'lmasin, ushbu uchrashuvda "Navbahor"dan faqat g'alaba kutayotganliklari ular tomonidan bildirayotgan fikrlarda yaqqol sezilib turardi. Bu orada taksiga onasining tug'ilgan kuniga kattakon guldastani sovg'a tariqasida olib ketayotgan ayol chiqdi. Guldastaning tepasiga chiroyli harflar bilan "Mehribon onajonimga" deb yozib qo'yilgan ekan, o'rnak olsa arziydi. Ayoldan ushbu guldastani suratga olish uchun ruxsat so'rashga endi og'iz juftlagan edikki, haydovchi stadionga etib kelganligimizni aytib qoldi. (Essiz guldastani suratga olishga ulgurmadikda) Stadion atrofi bir talay futbol muxlislari bilan to'lgan, kimdir chipta uchun navbatda turgan bo'lsa, kimdir qo'lida chipta bilan do'stini kutayapti, kimdir o'yingoh kirish eshigi tomon shoshayapti, xullas bunday jarayonni siz bir necha bor ko'rganligingiz aniq. Uchrashuv haqida mezbon muxlislar bilan suhbatashish jarayonida ularning biri bilan suratga tushishga ham ulgurdik.



Har gal Namangan shahridagi "Markaziy" o'yingohga kelganimizda o'yin chiptalari maxsus avtomobillarda sotilayotganligiga guvoh bo'lamiz. Biz buni yozish orqali kimnidir aybdor sanamoqchi emasmiz. Bu uslubni O'FA ham viloyatlarda bo'lib o'tadigan turli yoshdagi terma jamoalar uchrashuvida qo'llab turadi. Bu orqali futbol muxlislariga qulaylik yaratiladi, chipta sotish uchun maxsus do'konlar oldida turnaqator navbatlar, ur-yiqit xolatlari yuzaga kelmaydi, shunchaki etiborni tortadigan jarayon ekanligi sabab bu haqida yozayapmiz xolos.



Stadionga kirib borar ekanmiz, bu maskanda haqiqiy futbol bayrami bo'lib o'tayotganligini his etdik. Maydon xolati alo darajada, "Markaziy"da o'yinga tayyorgarlik ishlari avjida edi.



Nihoyat orziqib kutilgan uchrashuv boshlandi. Yodingizda bo'lsa, o'tgan gal bizga matbuotchilar xonasida joy topilmaganligi haqida yozgan edik. Bu gal esa unday bo'lmadi, "Navbahor" matbuot xizmati uchrashuvni yoritib boradigan har bir jurnalist uchun alohida o'rin tashkillab qo'yibdi, bu borada ularga o'yin sharhida saytimiz nomidan minnatdorchilik bildirib o'tdik. Matbuot xodimlari joylashgan media markazdagi muhitni xech ko'rganmisiz? Har bir nashr vakili noutbuk qarshisida o'tirib, uchrashuvdagi jarayonlarni birinchi bo'lib yoritish maqsadida tezkor harakat qilishadi, birov bilan birovning ishi yo'q, bosh qashlashga vaqt topilmaydi. Umuman olganda futbolga oid o'zbek nashrlari o'rtasida do'stona muhit hukmron, xech kimda bir-biriga nisbatan adovat yo'q. Raqobat esa bor albatta. Raqobatning bo'lishi sifatning ortishiga sabab bo'lishini barchamiz yaxshi bilamiz. Xullas, media markazda qizg'in ish jarayoni boshlanib ketdi.

Kechagi o'yinda stadiondagi atmosfera shu qadar ajoyib ediki, tariflashga so'z topish qiyin, qisqasi ECHL uchrashuvlaridagi xolatni tasavvur qilavering. Stadionda Vatanimiz bayrog'ining jozibali qiyofasi namoyon bo'lishi esa barchamizni birdek to'lqinlantirib yubordi.


Aytgancha, maqola sarlavhasida Evropacha muxlislik haqida aytib o'tgan edik. Kechagi uchrashuvdagi atmosferani ECHL uchrashuvlariga qiyoslaganligimizning yana bir sababi mana shu suratda aks etgan. Etika qoidalariga asoslanib, bu xolatni batafsil yozib o'tirishni lozim topmadik, shunchaki futbol muxlisi ehtiroslarini jilovlay olmagan xolda o'zbek futboli yulduzlari jam bo'lgan maydonga tushib ketdi.



Kechagi uchrashuv kutilganidek keskin kurashlarga boy, tomoshabop ruhda o'tdi. Bu kabi bahslar har qanday futbol muxlisiga manzur bo'lishi shubhasiz. Namangan shahridagi "Markaziy" o'yingohda bo'lib o'tgan "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvidan katta taasurotlar olib, ish joyimizga qaytdik.





Bekzod Tolibov, Jahongir Fayzullaev Namangandan maxsus

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика