"Navbahor" - "Paxtakor". Eng yaxshi to'purarni bilasizmi?
27 avg 2022 04:42
Yangiliklar


"Navbahor" - "Paxtakor". Eng yaxshi to'purarni bilasizmi?
Amaldagi chempion ertaga Namanganda mehmon bo'ladi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvlarda eng ko'p to'p kiritgan futbolchi "Paxtakor" afsonasi Aleksandr Geynrix bo'lib, uning hisobida 9 ta gol bor. 2-o'rin Leonid Koshelev bilan Igor Sergeevga tegishli (7 tadan). Koshelev gollarining 3 tasini "sherlar", 4 tasini "lochinlar" darvozasiga urgan. 3-pog'ona esa "Paxtakor"ning bugungi etakchisi Dragan CHeranga tegishli (6).
"Navbahor" tarkibida poytaxtliklar darvozasini eng ko'p ishg'ol qilgan futbolchi SHuhrat Mirxoldirshoev hisoblanadi. U "Paxtakor"ga 4 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar