So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  0 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  28 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

"Navbahor": O'smirlarimiz yarim finalga chiqishdi Yangiliklar

"Navbahor": O'smirlarimiz yarim finalga chiqishdi

Ayni kunlarda Samarqandda 16 yoshli futbolchilar o'rtasida Umid Kubogi-2015 Respublika turniri bo'lib o'tmoqda.
Joriy yilgi musobaqada 11 ta jamoa to'rt guruhga bo'lingan holda bosh sovrin uchun kurashga kirishgandi. “Navbahor” futbol klubiga qarashli “Navbahor-Umid” futbol maktabi terma jamoasi ham turnirda ishtirok etmoqda. Yosh futbolchilarimiz bahslarga “V” guruhida kirishishgandi. Azam Rajabbaev murabbiyligidagi o'smirlarimiz dastlabki turda Jizzax viloyati jamoasini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishgandi. So'nggi turda Andijon bilan o'tgan uchrashuvda futbolchilarimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Andijon va Jizzax jamoalari o'zaro durang qayd etishgani bois o'smirlarimiz guruhda ikkinchi o'rinni band etgan holda chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. 
CHorak finalda o'smirlarimizga Buxoro terma jamoasi futbolchilari raqiblik qilishdi. Murosasiz ruhda o'tgan uchrashuvda futbolchilarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Jamoamizning har ikki goliga Abdulaziz Jalilov mualliflik qildi. Yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan futbolchilarimiz navbatdagi uchrashuvda Toshkent shahri jamoasi yani “Paxtakor” futbol klubi tarbiyalanuvchilari bilan bahs olib borishadi. Yosh “paxtakor”chilar chorak finalda Toshkent viloyati terma jamoasini yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratganligini qo'shimcha qilish joiz. Ikkinchi yarim final o'yinida esa Samarqand va Farg'ona viloyati vakillari o'zaro kuch sinashishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика