So’nggi yangiliklar

19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  3 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  0 18:53"Интер"нинг бўлажак мураббийи "Парма"ни тарк этди  0 18:32Расман: Николич ЦСКА бош мураббийлигидан кетди  1 18:20"Манчестер Сити" дарвозабони клубни тарк этди  0 17:53"Атлетико" Қозоғистондаги академия қароргоҳи лойиҳасини тақдим этди  2 17:35"Қизилқум"ни энди ким бошқаради?  4 17:31Қайғули хабар: "Брешиа" клуби банкрот деб эълон қилинди  4 17:15Расман: "Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  13 17:05"Сўғдиёна" ҳужумчиси: "Халқаро майдонда Россия клублари етишмаяпти"  11 16:55Факт: Қатар ЖЧ-2026 саралашида меҳмонда ҳали ғалаба қозонмади. Сафардаги сукунат давом этадими?  9 16:30Расман: Мирзад Механович "Андижон"ни тарк этди  5 16:05Роналду "Ал Насср"да қолишини тасдиқлади  7 15:20Қосимов, Аҳмедов, Зейтуллаев, Тожиев - Қатар билан ўзаро ўйинлар тўпурарлари   12 15:00Аҳмад Ал-Жани: "Мундиалга бир қадам қолди"  11

"Navbahor" o'rtoqlik uchrashuvida "Rubin"ga oltita gol urdi Yangiliklar

"Navbahor" o'rtoqlik uchrashuvida "Rubin"ga oltita gol urdi

Toshkentda yig'inni davom ettirayotgan "Navbahor" jamoasi bugun navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Birinchi liga vakili bo'lgan Toshkentning "Rubin" klubi bilan kechgan o'yinda No'mon Hasanov shogirdlari katta tashabbusga ega bo'lishdi va buni hisobda ham aks ettirishdi. Murabbiylar shtabi ilk daqiqalardan aralash tarkibni sinovdan o'tkazish bilan bir qatorda yangi fubolchilarga ham imkoniyat berildi. O'yin davomida har tomonlama raqibidan ustun kelgan "lochinlar" oltita gol farqi bilan g'alabani tantana qilishdi. Gollarga esa SHerzod G'ulomjonov, Aziz Turg'unboev (dubl), Azim Ahmedov (penalti), Zabixillo O'rinboev, Mirzohid G'ofurovlar mualliflik qildi. Birinchi bo'lim avvalida "Rubin" futbolchisi penaltini golga aylantira olmadi. Ikkinchi bo'limda esa qator vaziyatlardan foydalanishda futbolchilarga aniqlik etishmadi. 

O'rtoqlik uchrashuvi

"Navbahor" - "Rubin" 6:0

Gollar: SHerzod G'ulomjonov, Aziz Turg'unboev (dubl), Azim Ahmedov, Mirzohid G'ofurov, Zabixillo O'rinboev

"Navbahor": Islom Abdullaxonov, SHahzod Hamidov, Mirzohid Mirzamahmudov, Xushnud Avilov, Igor Golban, Mirzohid G'ofurov, Ulug'bek Aknazarov, SHerzod G'ulomjonov, Ivan Solovyov, Aziz Turg'unboev, SHohruh Mahmudxojiev

Zaxira: O'tkir Yusupov, Abbos G'ulomov, Azim Ahmedov, Quvondiq Ro'ziev, Zabixillo O'rinboev, Marko Putinkanin, Nikola Tasich, Bahrom Abduraximov, Sardor Telyakov, Islom Isoqjonov

Birozdan so'ng SHohruh Mahmudxojiev va Ivan Solovyov bilan uyushtirilgan kichik intervyuni etiboringizga havola etamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика