So’nggi yangiliklar

12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  0 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  2 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  18 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  30 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  7 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  171 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  2 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1

"Navbahor": Obid Jo'raboev ham safga qo'shildi Yangiliklar

"Navbahor": Obid Jo'raboev ham safga qo'shildi

"Navbahor" yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Mashg'ulotlar olib borilayotgan bir pallada tarkibda ham o'zgarishlar ro'y bermoqda. Xususan, bugun jamoamiz safiga o'tgan mavsum birinchi yarmini “Bunyodkor”da, ikkinchi davrani esa “Olmaliq” klubida o'tkazgan yarim himoyachi Obid Jo'raboev kelib qo'shildi. Ayni paytda Jo'raboevda kichik jarohat borligi sababli bugun yakka tartibda shug'ullandi. SHuningdek, oldingi mavsumlarda “Nasaf” tarkibida shug'ullangan darvozabon Muzaffar To'xtasinov ham mavsumga tayyorgarlikni jamoamiz bilan birga olib bormoqda. 

Murabbiylar bugun mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan futbolchilarning maydondagi harakatlarini kuzatish va sport formalarini qay darajadaligini bilish maqsadida ikki tomonlamali nazorat o'yinini tashkil etishdi. To'raqo'rg'ondagi “Yoshlik” o'yingohida bo'lib o'tgan uchrashuvda “qizillar” jamoasi 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Gollarga Alisher Mahmudov (2 ta), Timur Ayupov va Mo'ydin Mamazulumov (penaltidan)lar mualliflik qilishdi. Tarkiblar esa qo'yidagicha ko'rinishga ega bo'ldi. 

“Qizillar”: Muzaffar To'xtasinov, Botir To'raboev, Qahramon Mahammadjonov, Dilshod Jabborov, Akram Bahriddinov, Aziz Mamazoitov, Otabek Valijonov, Timur Ayupov, Alisher Mahmudov, Mo'ydin Mamazulumov, Azizbek Turg'unboev. Zaxiradan maydonga tushganlar: Omon-Biik Halilov, Sohib Abdullaev, Jamol Abdujabborov, Sardor Telyakov.

“Oqlar”: Amir Ergashev, Mirzohid Sobirov, Aziz Umarov, Azam Aliev, Muhammad Rasulov, Hojiakbar Yunusov, Sanjar Asqaraliev, Zokir Nurmatov, Abduaziz Sultonov, G'ayrat Jo'raev, Akbarsho Rashidxanov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Otabek Valijonov, Doniyor Inamov, Islom Jo'raev, Bilol SHarofiddinov, Botir Karimjonov, Farhod SHokirov, Muhammadrizo To'raev.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика