So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  1 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  6 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

"Navbahor" nega "Metallurg"ni yuta olmadi? Mo'minjonov emas sport direktori javob beradi Yangiliklar

"Navbahor" nega "Metallurg"ni yuta olmadi? Mo'minjonov emas sport direktori javob beradi

“Navbahor” – “Metallurg” (0:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” sport direktori Anvar Soliev ishtirok etib, o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

 
Anvar Soliev (“Navbahor” sport direktori): - Bugungi uchrashuvda qimmatli 2 ochkoni yo'qotdik. Bunga esa ehtiyotkorligimiz sabab bo'ldi. Boisi, o'yinni bir nafar hujumchi bilan boshladik. SHunday bo'lsa-da, Darko Nikachda gol urish uchun 3 ta xavfli vaziyat yuzaga keldi. Lekin u vaziyatlardan foydalana olmadi. Uchrashuv yakunlanishiga 30 daqiqa qolganida maydonga ikkinchi forvardni tushirib, hujumkorlikni kuchaytirdik. Lekin futbolchilar yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olishmadi. Zaxiradan maydonga tushirilgan o'yinchilar, jumladan, Azamat Allaniyozov va Sardor Sulaymonovda ham imkoniyat bo'ldi. Ammo ular ham darvozani ishg'ol eta olishmadi.  Qisqasi, imkoniyatlardan foydalana olmaslik jamoamizga pand berdi. O'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan jamoa shunday o'yinlarda g'alaba qozonishi shart edi. Biroq...  

Bugungi durangda barcha murabbiylar shtabining aybi bor. Ushbu bahsdan xulosa chiqarib, keyingi o'yinlarda ijobiy natija qayd etishga intilamiz.

 

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика