So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Navbahor - Neftchi uchrashuvi oldidan Yangiliklar

Navbahor - Neftchi uchrashuvi oldidan

Teglar :  NavbahorNeftchi
Ertaga Namangandagi "Markaziy" o'yingohda mamlakat kubogining 1/8 final javob uchrashuvida "Navbahor" "Neftchi" klubini qabul qiladi.

Mazkur uchrashuv soat 19.00da boshlanadi. O'yin oldidan ayrim statistik malumotlarni etiboringizga havola etamiz. "Navbahor" va "Neftchi" jamoalari O'zbekiston kubogida shu kunga qadar o'zaro 12 ta uchrashuvda kuch sinashishgan. Oldinlari raqiblar asosan yarim finalda kuch sinashganliklarini aytib o'tish joiz. Bir bor jamoalar mamlakat kubogi finalida bahs yuritishgan. So'nggi o'yin esa shu yilning 23 may kuni Farg'onada o'tkazildi.

O'tkazilgan 12 ta uchrashuvning oltitasida Navbahor g'alaba qozongan. Neftchi hisobidagi yutuqlar soni esa to'rttani tashkil etmoqda. Ikkita o'yinda esa durang natija qayd etilgan. Durang natijalar 1995 va 1997 yillarga to'g'ri keladi. Dastlab Farg'onada keyin esa Namanganda kuchlar teng kelgan. Safarda durang qayd etgan jamoalar finalga chiqishgan. Finalga chiqish borasida Navbahor Neftchidan ustunlikka ega. Namanganliklar 1992, 1993, 1995 yillarda ikki o'yin natijasiga ko'ra Neftchini mag'lub etish orqali hal qiluvchi final bahsida qatnashish huquqini qo'lga kiritishgan. 1992 va 1995 yillarda Navbahor O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan. 1998 yili uchinchi bor billur sovringa ega chiqqan lochinlar finalda aynan Neftchini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan. Joriy yilgi mamlakat kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan dastlabki uchrashuvda Neftchi 1:0 hisobida ustun keldi.

Navbahor O'zbekiston kuboklarida shu kunga qadar umumiy hisobda 117 ta uchrashuv o'tkazgan. Jamoamiz uchrashuvlarning 65 tasida g'alaba qozongan. 14 ta o'yinda esa durang kuzatilgan bo'lsa 38 ta bahsda imkoniyat boy berilgan. Raqiblar darvozasi 249 marta nishonga olingan bo'lsa darvozamiz 134 bor ishg'ol qilingan.
O'zaro barcha uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar

1992 yil
Yarim final
Neftchi - Navbahor - 1:2.
Navbahor - Neftchi - 2:1.

1993 yil
Yarim final

Navbahor - Neftchi - 1:0.
Neftchi - Navbahor - 2:1.

1994 yil
Yarim final

Navbahor - Neftchi - 2:1.
Neftchi – Navbahor - 2:0.

1995 yil
Yarim final

Neftchi - Navbahor - 2:2.
Navbahor - Neftchi - 5:0.

1997 yil
Yarim final

Navbahor - Neftchi - 2:2.
Neftchi - Navbahor - 1:0.

1998 yil
Final

Neftchi - Navbahor - 0:2.
Gollar: SH.Rahmonqulov (38), A.Soliev (51).

2017 yil
1/8 final

Neftchi - Navbahor - 1:0
Gol:
SH. Hakimov (39 pen.)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика