So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  25 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  18 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

“Navbahor” nazorat uchrashuvida “Istiqlol”ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

“Navbahor” nazorat uchrashuvida “Istiqlol”ga mag'lub bo'ldi

Superliga qatnashchisi Namanganning “Navbahor” jamoasi bugun o'z maydonida sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Andrey Kanchelskis boshqaruvidagi “lochinlar” vodiy derbisi oldidan PRO-Liga vakili “Istiqlol” bilan kuch sinashdi.

Namangandagi “Markaziy” stadionda kechgan bahsda bosh murabbiy asosan kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilarga imkoniyat berdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. “Navbahor”ning rossiyalik 26 yoshli legioneri Ruslan Bolov yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, mehmonlar posboni Xurshid Xodjaevni dog'da qoldirgan bo'lsa, ikkinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida “Istiqlol” futbolchilari kambek qildi. Dastlab qanot yarim himoyachisi Rustam Abduhamidov hisobni tenglashtirgan bo'lsa, keyinchalik “Navbahor”ning sobiq hujumchisi Mo'ydin Mamazulunov ham muvaffaqiyat qozondi. SHu tariqa qiziqarli kechgan norasmiy derbisida farg'onaliklar irodali g'alabaga erishdi. Darvoqe, “Istiqlol” bosh murabbiyi Sergey Lebedev darvozabonlar o'rtasidagi raqobatni kuchaytirish maqsadida bungacha asosan Superliga klublarida o'ynab kelgan tajribali posbon Xurshid Xodjaevni jamoaga taklif etgan.

“Navbahor” tarkibiga esa yaqinda Samarqandning “Dinamo” jamoasidan Mirkomil Loqaev kelib qo'shilganini ko'rish mumkin.

10.03.2020 yil.
Nazorat uchrashuvi.
“Navbahor” – “Istiqlol” 1:2.
Gollar:
Ruslan Bolov, 10 – 1:0. Rustam Abduhamidov, 86 – 1:1. Mo'ydin Mamazulunov, 90 – 1:2.
“Navbahor” : 23. Dilshod Hamroev, 2. Mirkomil Lokaev, 5. G'iyosjon Komilov, 8. Javlon Ibrohimov, 18. Sardor Telyakov, 20. Amirbek Jo'raboev, 33. Tohir SHamsitdinov, 70. Mirzohid Mirzamahmudov, 72. Pavel Golishev, 88. Ruslan Bolov, 94. Anvarjon Hojimirzaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 4. SHahzodbek Hamidov, 6. Sodiqjon Ortiqov, 77. Husayn Ergashboev.
“Istiqlol”: 46. Xurshid Xodjaev, 5. Abduxoliq Qurbonov, 7. Umid Qodirov, 8 Sardor Sotvoldiev, 14. Rustam Abduhamidov, 19. Fayzullo Jumanqo'ziev, 20 Ulug'bek Xudoyberdiev, 44. Xushnud Bozorov, 78. Umar Adhamzoda, 99. Timur Mamatmurodov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nodir Ashurmatov, Ahror O'ktamov, Mo'ydin Mamazulumov.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика