"Navbahor" "Nasaf"dan 500 million deya baholanayotgan futbolchining transferini sotib oladi
25 dek 2019 22:03
Yangiliklar


"Navbahor" "Nasaf"dan 500 million deya baholanayotgan futbolchining transferini sotib oladi
Namanganning "Navbahor" jamoasi Qarshining "Nasaf" klubidan ikki futbolchini olish arafasida turibdi.
«Navbahor»ga «Nasaf»ning ikki futbolchisi o'tadi. Islom Rashidxonov transfer qilinadigan bo'lsa, Xurshid Muxtorov erkin agent sifatida o'tadi.
Ayni paytda ikki klub Rashidxonovning transfer puli bo'yicha yakuniy muzokara o'tkazmoqda. «Nasaf» Islom Rashidxonov uchun 500 million so'rayotgan bo'lsa, «Navbahor» asli namanganlik futbolchi uchun 200 million taklif qilmoqda.
Tomonlar katta ehtimol 300-400 million atrofida kelishuvga erishsa kerak", - deb xabar beradi saytimiz ijodkori SHahboz Beg'amov.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakuniga qadar "Navbahor" Qarshining "Nasaf" jamoasi futbolchilari Islom Kenjaboev, Dilshod Saitov hamda Islom Rashidxonov transferlari bo'yicha so'rov yuborgani haqida malum qilgandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar