So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  9 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

"Navbahor" "Nasaf" va "Bunyodkor" futbolchilarining transferini sotib olish bo'yicha so'rov yuborgan Yangiliklar

"Navbahor" "Nasaf" va "Bunyodkor" futbolchilarining transferini sotib olish bo'yicha so'rov yuborgan

Teglar :  "Navbahor""Nasaf"
Namanganning "Navbahor" klubi kelasi mavsum uchun selekciya ishlarini allaqachon boshlab yuborgani haqida xabar qilgandik.

Dastlab "Nasaf"ning uchala futbolchisi - o'ng qanot himoyachi Dilshod Saitov, hujumkor vinger Islom Kenjaboev hamda yarim himoyachi Islom Rashidxonovning transferi bo'yicha qarshiliklarga rasman taklif bilan chiqqandi.

"Navbahor"ning rejalari katta: Qishki transfer oynasida "Nasaf"dan 3 futbolchini xarid qilmoqchi

Video            "Bunyodkor" bosh direktori: "Navbahor" 4 futbolchimizni transfer qilmoqchi, ikki o'yinchimiz bilan keyingi hafta shartnomani bekor qilamiz" 

Namanganliklar bundan tashqari "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari - o'ng qanot himoyachisi Dilshod Ahmadaliev, markaziy yarim himoyachi Nurillo To'xtasinov, hujumkor yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov hamda Sanjar Qodirqulov bo'yicha taklif bilan chiqqan.

Buni "Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev ham tasdiqladi.

Malumot o'rnida shuni aytish kerakki, "Navbahor" transferini sotib olmoqchi bo'lgan "Bunyodkor"ning 17 yoshli vunderkindi Jasur Jaloliddinov namanganliklar safiga borishdan ko'ra Italiya B Seriyasi peshqadami bo'lib turgan "Benevento" variantini ikkilanishsiz qabul qilgan va uning "Navbahor"ga o'tmasligi oydinlashgan. Qolgan uchala futbolchini esa transferi masalasi bo'yicha "qaldirg'ochlar"ning joriy mavsum qaysi o'rinni egallashi va OCHLda o'ynash yoki o'ynamasligidan kelib chiqib muzokaralar davom ettirilishi mumkinligi takidlandi.

Video             Rasman: Jasur Jaloliddinov Italiyaga ketadi, kelasi mavsum u A Seriyada o'ynashi mumkin 

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" klubi bir oycha avval jamoaning rossiyalik himoyachisi Igor Golban bilan 2023 yilga qadar shartnomani uzaytirgandi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика