So’nggi yangiliklar

22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  3 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  11 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  2 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  10 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  16 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  4 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  2 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  3 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  3 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  5 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  5

"Navbahor" muxlislari, Kanchelskis, Babayan, qarzlar haqida - Ivan Solovev bilan intervyu Yangiliklar

"Navbahor" muxlislari, Kanchelskis, Babayan, qarzlar haqida - Ivan Solovev bilan intervyu

"Navbahor"ni tark etgan rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovevdan o'tgan mavsum, murabbiylar, muxlislar va Andrey Kanchelskis borasida savollar berdik.

- Ivan, hayrli kun! Eshitishimizga qaraganda, "Navbahor"dan ketibsiz.
- SHunday, hozir uyda dam olyapman. Bo'ron oldidan sukunat deganlaridek.

- Keling, intervyuning asosiy qismiga o'tamiz. O'zbekiston chempionatining navbatdagi mavsumi Siz uchun qanday o'tdi?
- Ushbu mavsumni ikki asosiy qismga bo'lish mumkin. Birinchisi - jamoa mavsumni kutilgandan ko'ra yomon o'tkazdi. Ammo jamoa ikkinchi davrada jamg'arilgan ochkolar borasida ikkinchi o'rinda bo'ldi. Demak, mavsumdan pozitiv fikr olsa ham bo'ladi.

- "Navbahor"da qolish niyatingiz bormi?
- Yo'q, "Navbahor"dan ketishim 100 foiz aniq bo'lib ulgurgan. Agarda O'zbekistonning boshqa jamoasi mening xizmatlarimni yuqori baholasa va konkret taklif bilan chiqsa, fikrlar murosaga keladigan bo'lsa, balki, qolishim mumkin. Rossiyadan ham yaxshi takliflar bor. Biroz vaqtdan keyin barchasini o'ylab ko'raman. Balki, ortga, yani, O'zbekistonga ham qaytarman.

- Garchi tarkib yaxshi bo'lsa-da, jamoa ushbu mavsumda turnir jadvalining o'rta pog'onalarida bordi. Buning sababi nimada?
- Fikrimcha, jamoa ham ruxan, ham jismonan futbolchilar mavsumning boshida o'yinlarga tayyor bo'lmadi. Murabbiylar shtabi o'zgarganidan keyin jamoaning o'yinida o'sish ko'rina boshlandi. Samvel Babayan kelganidan keyin esa ishlar oldinga surilib ketdi. Futbolchilar kurashishni boshladi, ularda hissiyotlar paydo bo'ldi. Bu esa ikkinchi davrada jamoaga anchagina yordam berdi. Agarda jamoaga Samvel Babayan kelmaganida muammolar kattalashib ketardi.

- O'zbekiston chempionatiga kelgan istalgan legioner ketgandan keyin doimo namanganlik muxlislarni eslab o'tishadi. Siz bu haqda nima deya olasiz?
- Namangandagi futbol muxlislari O'zbekistonda eng zo'ri. Hech qaerda futbolchilarini bunchalik qo'llab-quvvatlamaydi, ruxan dalda bermaydi va so'kmaydi (kuladi). Ularning xursandchiligini ko'rishning o'zi shunchalik rohat beradi bizga. Jamoa oltinchi o'rinda bo'ladimi ettinchidami, farqi yo'q, ular jamoasining g'alabasini kuzatish uchun stadionga kelaverishadi.

- Siz No'mon Hasanov, Andrey Kanchelskis hamda Viktor Jalilov bilan birga ishladingiz. Ulardan nimalar yodda qoldi?
- Har biri o'zgacha. Kanchelskis bilan hozirgacha aloqadaman, u bilan ko'p yozishib turaman. Faqatgina Kanchelskisda eng yaxshi holatdagi jamoa bor edi. Buni istalgan futbolchi tasdiqlay oladi. Kanchelskis toza evropacha uslubda ishlayotgandi. Jamoadagi barcha yugurib, mehnat qiladi. Mashg'ulotlar ham asosan o'yindagi holatlardan kelib chiqib o'tilardi. No'mon Hasanov bilan ishlash menga unchalik yoqmagan. Uning davrida futbolchilar ko'p yugurmasdi. No'mon  aka yaxshi murabbiy, u ham o'yinini paslar orqali qurishni istagandi. O'shanda yilning boshida o'yinlarimiz biroz o'xshamagandi. CHunki futbolchilarga ko'proq jismoniy yuklama berilgandi. Kanchelskisning dasturi ostida jamoa mavsumga tayyorlandi. Hasanov kelib, pas o'ynashni o'rgatdi. O'shanda kubokda "Nasaf" bilan tengma-teng o'ynagandik. Yaxshi o'yin bo'lgandi. CHempionatda ketma-ket 7 o'yinda mag'lub bo'lmadik. Fikrimcha, Hasanov davrida futbolchilar ko'p yugura olmasdi, paslar esa juda yaxshi bo'lardi. Jalilov oddiy murabbiy. Oddiy mashg'ulot, oddiy o'yin uslubi. Agarda biror yig'in o'tkazganimizda yaxshi jihatlarini aytib o'ta olardim. U bilan faqatgina o'yinlarga tayyorlandik holos. 

- "Navbahor"dagi jamoadan tashqari jihatlar: tashkilotchilik, infratuzilma va hokazolar borasida yodda qolarli jihatlar haqida gapirsangiz.
- To'g'risi, menda klubning ichki gaplarini aytish borasida huquq yo'q. Bilasiz, o'rtada kelishuvlar, shartnomalar bor. SHunchaki, u erdagi muxlislikni yoddan siqarib bo'lmaydi.

- Samvel Babayan haqida nimalar deya olasiz? Futbol muxlislari uni juda yaxshi tashkilotchi sifatida bilishadi, zo'r murabbiy deb emas...
- Menimcha, u yaxshi murabbiy, yaxshi tashkilotchi va zo'r mutaxassis. U kerakli gaplarni gapirishni biladi. Aynan uning gaplaridan keyin futbolchilar o'ynashni boshladi. Uning mashg'ulot jarayoni haqida nimadir deya olmayman, chunki biz bilan ko'proq Grigoriy Kolosovskiy ishlaydi. SHuni aytishim mumkinki, Babayanning "Navbahor"dagi "vazn"i juda og'ir. Uning davridagi mashg'ulotlardan, yuklamalar hajmidan ko'nglim to'ldi. Agarda ayrim sabablar bo'lmaganida Samvel Babayan bilan ishlashda davom etardim.

- O'zbek futbolida pul borasida doimo muammolar bo'lgan. Kanchelskis mavzusiga keyinroq to'xtalamiz. Klub Siz bilan o'rtadagi pullar masalasini yopib bo'lganmi?
- To'g'risini aytaman, u erda yana bir yillik shartnomam bor edi. SHu sababli anchagina pullarni tashlab ketdim desam bo'ladi. Klubdagilar Rossiyaga ketishim uchun biroz pul berishdi. Qolganlarni bilmadim-u, men bilan klubning hech qanday qarzi yo'q. Ularga bu borada etiroz bildirmayman.

- Kanchelskis mavzusida nima deya olasiz. Bugun u haqida xabarlar ko'payib ketdi. Moskvada unga taxdid qilishayotgan ekan...
- Ha, eshitdim, Kanchelskis bilan gaplashdim. "Navbahor" o'zini yomon otliq qilmoqda. Bu erda klub va murabbiy o'rtasida kelishuv bo'ladi. Agarda bu tez hal qilinmasa, klubdan kimdir ketadi va baribir murabbiyga so'ralgan pul o'tkazib beriladi. Butun dunyo qarab turgan paytda bunday ish qilish, yani, taxdid qilish juda noto'g'ri. Oldinroq tomonlar boshqa summaga kelishishgandi. Endi esa narx bir necha baravarga oshib ketdi.

- So'nggi savol: o'zbek futboli uch so'z bilan?
- Kuch, kurash va chidamlilik.

- Ivan, intervyu uchun rahmat. Sizni yana O'zbekistonda ko'rishdan xursand bo'lamiz.
- Rahmat.

Evdokim Raimov suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика