"Navbahor" muxlislar bilan uchrashuv tashkil etmoqchi
15 jan 2014 17:00
Yangiliklar


"Navbahor" muxlislar bilan uchrashuv tashkil etmoqchi
Namanganliklarning ikkinchi yig'ini, 20 yanvar kuni o'z poyoniga etadi.
SHu kuni futbolchilarga ikki kunlik tatil beriladi. Bundan oldin esa jamoa azolari va muxlislar o'rtasida uchrashuv tashkil etish rejalashtirmoqda. Bu haqda klub bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov "SA"ga xabar berdi. Uchrashuv sanasi va joyi hozircha aniq emas. Eslatib o'tamiz, "lochinlar" 18 yanvar (shanba) kuni safarda "Andijon" bilan sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Aynan ushbu norasmiy bahsdan so'ng yig'ilish kuni aniq bo'ladi.

Fikrlar