"Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvi vaqti o'zgarmagan, 18:00da boshlanadi
15 may 2018 11:17
Yangiliklar


"Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvi vaqti o'zgarmagan, 18:00da boshlanadi
Superliga 12-turi doirasidagi “Navbahor” – “Metallurg” uchrashuvining vaqti o'zgarganligi borasida malumotlar chop etildi.
Ammo bu gaplar o'z tasdig'ini topmagan. O'yin avval belgilanganidek, 15 may kuni soat 18:00da boshlanadi. Bugun stadionga tashrif buyurib, sevimli jamoamizni o'yingohda bevosita qo'llab-quvvatlang!
Mazkur uchrashuv uchun chiptalar sotilmoqda.
CHiptalar “Markaziy” o'yingoh, G'ishtko'prik va “Isparxon” dahalari, “Sardoba” bozori hududlarida sotilmoqda. CHiptalarning narxi 15000, 20000 va 30000 so'm etib belgilangan. Sevimli jamoamizni bevosita stadionda qo'llab-quvvatlash uchun chiptalarni xarid qilishga shoshiling!
Eslatib o'tamiz, “Navbahor” – “Metallurg” o'yin bugun soat 18:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar