Navbahor: Mashalga qarshi o'yin qoldirildi
01 fev 2014 22:03
Yangiliklar


Navbahor: Mashalga qarshi o'yin qoldirildi
Avval xabar berib o'tganimizdek, jamoamiz ertaga Muborakning “Mashal” klubi bilan nazorat uchrashuvida kuch sinashishi lozim edi.
So'nggi kunlarda havoni keskin ravishda sovub ketishi oqibatida tomonlar o'zaro kelishgan holda uchrashuvni bekor qilishdi. SHu bilan birgalikda murabbiylar shtabi mashg'ulot o'tkazish borasida ham sharoitlarni etarli darajada emasligi bois futbolchilarga rejadagidan bir kun oldin javob berishga qaror qilishdi. Jamoa azolari qisqa muddatlik tatildan keyin yana Toshkentda to'planishadi. Poytaxtda tashkil etiladigan navbatdagi yig'in paytida “Navbahor” PFL kubogida ishtirok etadi. Malumotlarga qaraganda PFL kubogi starti ham ob-havo bilan bog'liq sabablar tufayli rejadagidan ko'ra bir-ikki kunga kechiktirilishi mumkin ekan.

Fikrlar