So’nggi yangiliklar

12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  13 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  3 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  5 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  11 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  4 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  1

"Navbahor" - "Lokomotiv": PREVYU Yangiliklar

"Navbahor" - "Lokomotiv": PREVYU

21- noyabr kuni "Navbahor" va "Lokomotiv" jamoalari Oliy liga so'nggi turida o'zaro kuch sinashishadi.


O'zbekiston chempionatlari tarixida ushbu jamoalar 21 bor bir-birlariga qarshi maydonga tushishgan. O'zaro o'yinlarda jamoamiz etti bor g'alaba qozongan. Raqibning hisobidagi yutuqlari soni o'ntani tashkil etmoqda. To'rtta o'yinda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. To'plar nisbatidagi ko'rsatkich esa 30:32, "Lokomotiv" foydasiga.  "Lochinlar" o'z maydonida "temiryo'lchilar"ni so'nggi bor 2010- yilda taslim etishgan. 5 yil avval Alisher Mahmudov va Abdumalik Abdullaevning gollari jamoamizga uch ochkoni taqdim etgan. "Lokomotiv" Namanganda o'tkazilgan o'yinlarda jami ikki bor muvaffaqiyat qozonishgan (2012 va 2014 yil). 2012- yilga qadar toshkentliklar "Navbahor" maydonidan g'alabasiz qaytishganini takidlash lozim. "Navbahor"ning "Lokomotiv" ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 6:2 hisobini tashkil etgan (2007 yil) bo'lsa, "temiryo'lchilar"ning jamoamiz darvozasiga urgan eng ko'p goli beshtani tashkil qiladi. Joriy mavsum birinchi davrasida "Lokomotiv" o'z uyida jamoamiz ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozongan. Marat Bikmaev (2 ta), Jasur Hasanov, Sanjar SHoahmedov va Timurxo'ja Abduxoliqovlarning gollariga SHahboz Erkinov javob qaytargandi.

2004 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 0:0

2005 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 3:0 (1:0).
Gollar: D.Xojiev (17), I.Inomov (68), X.Mahmudov (75).

2006 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 3:0 (2:0).
Gollar: D.Jabborov (30), M.Fozilov (33), A.Mirzoev (78).

2007 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 6:2 (2:1).
Gollar: V.Baranov (27), A.Sultonov (41), M.Umrzoqov (55,69), G'.Jo'raev (79), K.Boev (80) - I.Mo'minjonov (17), A.Haydarov (73-pen.).

2008 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 3:1 (3:0).
Gollar: D.Jabborov (6), K.Abramov (17), SH.Mirxoldirshoev (45+1) - M.Idiatulin (66).

2009 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 2:0 (0:0).
Gollar: D.Jabborov (60), R.Berdimurodov (69).

2010 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 2:0 (0:0).
Gollar: A.Mahmudov (80), A.Abdullaev (84).

2012 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 0:2 (0:0).
Gollar: D.Rahmatullaev (39), B.Mustafo (83).

2013 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 1:1 (1:0).
Gollar: S.Hamidov (29) – A.Xolmatov (83).

2014 yil
Navbahor – Lokomotiv – 0:1 (0:1).
Gol: I. Nagaev (45+1).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика