So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

"Navbahor" lageridan darak: Turg'unboev qaytdi, O'runov ketish arafasida Yangiliklar

"Navbahor" lageridan darak: Turg'unboev qaytdi, O'runov ketish arafasida

Toshkentda Superliganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni boshlagan Namanganning "Navbahor" jamoasi tarkibida yangiliklar mavjud.

Deyan Jurjevich qo'l ostidagi jamoa kechadan boshlab Toshkentda yig'ildi va poytaxtdagi "Daniel Hill" mehmonxonasida istiqomat qilmoqda. Namanganliklar kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazishmoqda.

Jamoa tarkibiga tatildan qaytgan legionerlar Ivan Solovyov, Igor Golban va Aleksandr Kasyan ham kelib qo'shilgan. Slavko Lukich esa 12 iyuldan boshlab jamoa mashg'ulotlariga kirishishi kutilmoqda. Eng asosiy yangilik - diskvalifikaciya muddati tugagan Aziz Turg'unboev jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" futbolchisi Aziz Turg'unboev qishki transfer oynasi paytida bir vaqtning o'zida ikkita klub - "Navbahor" va "Paxtakor" bilan shartnoma imzolagani aniqlanganidan so'ng O'FA futbolchini 6 oy muddatga futboldan diskvalifikaciya qilgandi.

Majburiy tatil muddati yakunlanganidan so'ng futbolchi keyingi faoliyatini yana "Navbahor" bilan davom ettirishni maqul ko'rgan ko'rinadi. Aziz Turg'unboev kecha klub ixtiyoriga etib kelib, bugundan mashg'ulotlarni boshlagan.

"Navbahor"ga doir yana bir malumot. Jamoa yarim himoyachisi Oston O'runov ayni paytda klub istiqomat qilayotgan mehmonxonada "Lokomotiv" vakillari bilan kelgan va "Navbahor" bilan transfer masalasi bo'yicha muzokaralarni o'tkazmoqda. 

Avvalroq Oston O'runov "Lokomotiv"ga o'tishga yaqinligi haqida xabar bergandik. Agarda muzokaralar ko'ngildagidek yakunlansa, unda tez orada tomonlar transfer masalasini rasman hal etishadi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика