So’nggi yangiliklar

13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  8 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  20 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  6 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  12

"Navbahor" klubi, "Surxon" ustozi, "Andijon" va "Bunyodkor" futbolchilari jazolandi. O'FA Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari Yangiliklar

"Navbahor" klubi, "Surxon" ustozi, "Andijon" va "Bunyodkor" futbolchilari jazolandi. O'FA Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Coca-Cola Superliga 2-turi doirasidagi "Andijon" – "Surxon" uchrashuvi yakunlanganidan so'ng ikki jamoa futbolchilari o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan paytda "Surxon" klubi bosh murabbiyi Rifat Akramxo'jaev o'zini noprofessional tarzda tutib, raqib jamoa murabbiylaridan birini turtib yuborgani uchun unga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


SHuningdek, ushbu uchrashuv yakunlanganidan so'ng ikki jamoa futbolchilari o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan paytda "Andijon" jamoasi futbolchisi Sunnatillo Hamidjonov "Surxon" klubi bosh murabbiyi Rifat Akramxo'jaevga nisbatan juda qo'pol munosabatda bo'lib, o'zini noprofessional tarzda tutgani uchun Sunnatillo Hamidjonovga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Coca-Cola Superliga 3-turi doirasidagi "Bunyodkor" – "Andijon" uchrashuvining 36-daqiqasida "Bunyodkor" jamoasi futbolchisi Ibrohim Tomiva Gbadamosi oyog'ining tag qismi bilan raqib futbolchisining ko'krak qismiga kuchli zarba bergani uchun 2 ta o'yinga diskvalifikasiya qilindi va unga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Coca-Cola Superliga 3-turi doirasidagi "Navbahor" – "Nasaf" uchrashuvining 51-daqiqasida "Navbahor" muxlislari o'z noroziligini qo'pol tarzda namoyish etib, "Nasaf" futbolchilari va o'yin rasmiylari tomon maydonga turli buyumlar uloqtirgan. SHu sababli "Navbahor Lochinlari" futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi va agar bunday holat yana takrorlansa, klub uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazishi bo'yicha ogohlantirildi.


U-21 Birinchiligi 2-turi doirasida "Qo'qon-1912" – "Qizilqum" uchrashuvining 16-daqiqasida "Qizilqum" futbolchisi SHahzod Turopov o'yin rasmiylari shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun 3 ta o'yinga diskvalifikasiya qilindi va unga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Pro liga 2-turi doirasidagi "Olimpik" – "Oq-tepa" uchrashuvi yakunlanganidan so'ng "Oq-tepa" klubi mamuri Baxtiyor Irgashev o'yin rasmiylari shaniga nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun unga nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi. SHuningdek, mazkur uchrashuvdan so'ng "Oq-tepa" klubi direktori Alisher SHog'ulomov hakamlikdan noroziligi bo'yicha o'yin protokoliga yozma ariza yozmay turib, buning o'rniga OAV orqali o'z noroziligini bildirgani uchun jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Pro liga 2-turi doirasidagi "Aral Samali" – "Xorazm" uchrashuvi yakunlanganidan so'ng "Aral" jamoasi muxlislari o'z noroziligini qo'pol tarzda namoyish etib, maydonga turli buyumlar uloqtirgan. Agar bunday holat yana takrorlansa, klub uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazishi bo'yicha ogohlantirildi. SHuningdek, "Aral Samali" bosh murabbiyi Timur Turdiev hakamlikdan noroziligi bo'yicha o'yin protokoliga yozma ariza yozmay turib, buning o'rniga OAV orqali o'z noroziligini bildirgani uchun jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика