So’nggi yangiliklar

08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  1 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1

"Navbahor": "Kichik derbi"da yoshlarimiz g'olib Yangiliklar

"Navbahor": "Kichik derbi"da yoshlarimiz g'olib

Teglar :  NavbahorNeftchi
Bugun Yoshlar birinchiligida 17- tur bellashuvlariga start berildi. Mazkur turda Namanganda "Navbahor" va "Neftchi" yoshlari o'rtasida "kichik derbi" maqomidagi o'yin bo'lib o'tdi.

Birinchi bo'limning dastlabki 10 daqiqasi yoshlarimiz ustunligida o'tdi. Ammo keyinchalik asta-sekin mehmonlar ham Parvanov qo'riqlagan darvoza oldida xavfli vaziyatlarni yaratishni boshlashdi. Jumladan Damir Nizamovning kuchli zarbasini darvozabonimiza qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Birozdan so'ng farg'onalik yoshlarning chap qanotldan tashkil qilgan hujumini va jarima zarbasini ham darvozabon to'xtatganini etirof etish lozim. Bo'lim o'rtalariga kelib to'la ustunlik yoshlarimiz tomonga o'tdi. Abbosov va Abduqodirovlar uchrashuvda hisobni ochishga yaqin kelishgandi, ammo omad ulardan yuz o'girgani bois gol bo'lmadi. Tanaffusga chiqishdan oldin ham vakillarimizda ikkita yaxshi imkoniyat bo'ldi. Lekin tanaffusga qadar darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi.
Ikkinchi bo'limda murabbiylarimizning tarkibda amalga oshirgan o'zgarishlari o'z samarasini keltirdi. Zaxiradan maydonga tushirilgan Vladislav Nuriev 62- daqiqada o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib "Neftchi" darvozasini ishg'ol qildi. Hujumchimizning o'zi qo'shib berilgan daqiqalarda raqib himoyachilari va darvozabonini aldab chiroyli tarzda o'z nomiga ikkinchi golni ham yozdirib, uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi. SHu tariqa "kichik derbi"da yoshlarimizning qo'li baland keldi.

"Navbahor" - "Neftchi" - 2:0 (0:0). 7 avgust. Namangan. "Markaziy" o'yingoh.
Hakamlar:
A. SHukurullaev, I. Nosirov, A. Jabborov, A. Rajabboev.
Nazoratchi - B. Tog'aev.
"Navbahor": 34. Artur Parvanov, 2. Aziz Mamazoitov, 5. Hojiakbar Yunusov, 8. Bosit Rahimov (4. Bilol SHarofiddinov, 54), 9. Islom Isoqjonov (14. Vladislav Nuriev, 46), 11. Islom Abduqodirov (7. Axmadjon Mamadaliev, 59), 15. Javohir Olimjonov, 17. Aziz Turg'unboev, 18. G'olibbek Karimov, 19. SHoxjahon Abbosov (6. Akbarali Xoldorov, 69), 20. G'ayrat Jo'raev (72. Xusanxon G'aniev, 79).
"Neftchi": 30. Sergey Smorodin, 9. Abdurahmon Abdulxaqov, 10. Xurshid Asqaraliev, 11. Ibrohim No'monov, 22. Islom Toshpo'latov (17. Elomon Karimov, 64), 24. Xusanboy G'aniev, 28. Abdujalil Isroilov, 29. Azam Xolmatov (18. SHodiyor Xojimatov, 46), 32. Mirjamol Nematov, 88. Damir Nizamov (14. Anvar Abdulxakov, 71), 90. Anvar Alijonov (7. Sarvar Abdullaev, 84).
Gollar: V. Nuriev (62, 90+4).
Ogohlantirishlar: J. Olimjonov (16), I. Isoqjonov (32) - X. G'aniev (60).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика