"Navbahor": Kamol Jo'nashev - yoshlar jamoasi bosh murabbiyi
21 fev 2015 15:48
Yangiliklar

"Navbahor": Kamol Jo'nashev - yoshlar jamoasi bosh murabbiyi
Xabaringiz borki, “Navbahor” yoshlar jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berib Aleksandr Lyan va SHerzod Jo'raevlar ish boshlashgandi.
Yoshlarimiz mavsumga aynan shu murabbiylar boshchiligidagi tayyorgarlik ko'rishayotgandi. Aleksandr Lyanda sog'liq bilan bog'liq muammoalar yuzaga kelganligi bois ushbu mutaxassis vaqtinchalik tarzda murabbiylik faoliyatini davom ettira olmaydigan bo'ldi. SHu sababli, Lyanni o'rnini Kamol Jo'nashev egalladi. Bunga qadar birinchi liga jamoalarida faoliyat olib borgan murabbiy yangi mavsumda “Navbahor” yoshlari bilan ishlaydigan bo'ldi. SHerzod Jo'raev esa endilikda Jo'nashevga yordam beradi.
Yoshlarimizning mavsumga tayyorgarlik ishlari esa davom etmoqda. Yosh “navbahorchilar” yangi murabbiy boshchiligidagi dastlabki nazorat o'yinida maydonga tushishga ham ulgurishdi. Yani yoshlarimiz Uychida birinchi liga vakili “Xotira-79” jamoasi mehmoni bo'lishdi. Qiziqarli ruhda o'tgan uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. Yoshlarimiz tomonidan kiritilgan golga esa Sardor Telyakov mualliflik qildi.

Fikrlar