"Navbahor": Jizzaxdagi o'yinga tayyorgarlik boshlandi
06 iyu 2017 13:54
Yangiliklar


"Navbahor": Jizzaxdagi o'yinga tayyorgarlik boshlandi
Mamlakat chempionatining oliy ligasida yuzaga kelgan qisqa tanaffus tufayli jamoamiz azolari ham “Neftchi” bilan o'tgan o'yindan keyin qisqa muddatlik tatilga chiqishgandi.
Bir necha kun davomida dam olish imkoniga ega bo'lgan jamoamiz azolari bugun Namangandagi klub qarorgohida to'planishdi. Kechki payt futbolchilarimiz mashg'ulotda ishtirok etish orqali Jizzaxda “So'g'diyona” jamoasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlashadi. Eslatib o'tamiz, 13-turdan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 14 iyun kuni bo'lib o'tadi. Odatga ko'ra bir kun oldin jamoalarning yoshlari o'zaro bahs olib borishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar