So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

"Navbahor" yig'inni boshladi Yangiliklar

"Navbahor" yig'inni boshladi

Rejaga ko'ra bugun jamoa azolari mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini o'tash maqsadida Namanganda to'planishdi.
Tushdan keyin futbolchilar belgilangan joyga etib kelishdi. Soat 15.30da esa datlabki mashg'ulot ham boshlandi. Jamoa azolari bir necha kunlik hordiqdan keyin yana mashg'ulotlarga qo'shilganliklari uchun bugungi mashg'ulot “Navbahor” markaziy o'yingohining yugurish yo'lakchasida o'tkazildi. Avval tarkibdan bir qator o'zgarishlarni ro'y berishi haqida xabar berib o'tgandik. Jamoamizning bugungi yig'iniga 2014 yilgi mavsumni Muborakning “Mashal” klubida o'tkazgan hujumchi Mo'ydin Mamazulunov qo'shildi. So'nggi chempionatda muborakliklar sharafini himoya qilgan hujumchi 23 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga ettita to'p kiritishga erishgandi. Agarda futbolchining xatti-harakatlari murabbiylar shtabiga manzur bo'lsa Mamazulunov bilan shartnoma imzolanadi. Bundan tashqari o'tgan chempionatni jamoamizda ijara asosida o'tkazgan Tohir SHamsiddinov va Bobir Akbarovlar ham safga qaytishdi. SHamsiddinov 2014 yil boshida “Paxtakor”dan taklif etilgan bo'lsa Akbarov mavsum ikkinchi yarmida “Bunyodkor”dan ijaraga olingandi. Davralar oralig'ida jamoamizga jalb etilgan himoyachi Akbar Sattaev esa “Navbahor” bilan xayrlashdi. 
Ayni paytda klub rahbariyati va murabbiylar shtabi tarkibdagi raqobatni oshirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan muzokaralar olib borishmoqda. Ushbu masala shu kunlarda o'z echimini topadi. SHundan keyingina, jamoa safidan o'rin olishi mumkin bo'lgan futbolchilar haqida malumot berib o'tamiz. Jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov hozirda milliy terma jamoamiz bilan birgalikda Avstraliyada bo'lib turganligi bois mashg'ulotlarga Zohid Nurmatov, Mustafo Bayramov va Sergey Zaxareckiylar boshchilik qilishmoqda. Nurmatov dekabr oyida Toshkentda tashkil etilgan “A” licenziyasi uchun tashkil etilgan o'quv-kurslarida tahsil olganligi sababli dastlabki yig'inda qatnasha olmagandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика