So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

"Navbahor": Yig'in yakunlandi Yangiliklar

"Navbahor": Yig'in yakunlandi

Bugun "Navbahor" dastlabki yig'inni yakunladi.
Yig'in yakunida murabbiylar mashg'ulotlarda qatnashgan futbolchilardan ikki tarkib hosil qilib, nazorat o'yinini tashkil etishdi.

Har bir bo'limi qisqa vaqtdan iborat bo'lgan to'rt bo'limlik sinov bahsida 2:2 hisobi qayd etildi. Uchrashuvda murabbiylar ayrim o'yinchilarni sinovdan o'tkazganliklarini etirof etish joiz. Kosonsoy jamoasidan jalb etilgan Sardor Sotvoldiev va jamoaning sobiq azosi Sohib Abdullaevlar shular jumlasidandir. SHuningdek, murabbiylar yoshlar safida tayyorgarlik ko'rayotgan Azizbek Turg'unboevni ham maydonda nimalarga qodir ekanligi borasida malum tushunchalarga ega bo'lishdi.

Uchrashuvda tarkiblar quyidagicha ko'rinishga ega bo'ldi.

Sariqlar: Doniyor Usmonov, Alisher Samatov, Akbar Sattaev, Qahramon Mahammadjonov, Hojiakbar Yunusov, Muhammad Rasulov, Ilhom Boydedaev, Sardor Sotvoldiev, Azizbek Turg'unboev, Alisher Mahmudov, G'ayrat Jo'raev.

Qizillar: Xurshid Xo'jaev (Doston To'xtaboev), Botir To'raboev, Omon-Biik Halilov, Dilshod Jabborov, Ibrohim Ismoilov, Sardor Telyakov, Azim Ahmedov, Robbim Hasanov, Doniyor Inamov (Sohib Abdullaev), SHahboz Erkinov.

Gollarga Muhammad Rasulov, Alisher Mahmudov va SHahboz Erkinov, Robbim Hasanovlar mualliflik qilishdi. Mahoratli hujumchi SHahboz Erkinov esa penaltidan ham foydalana olmadi. Erkinovning tepgan to'pini Doniyor Usmonov qaytarib qolishga erishdi. Doniyor Inamov esa o'yin boshlarida jarohat olganligi sababli shifoxonaga olib ketildi. Keyinchalik, o'zaro kurashda uning burni singanligi oydinlashdi.

Tarkibga nazar tashlab bir qator futbolchilarni ishtirok etmaganliklariga guvoh bo'lish mumkin. Otabek Valijonov, Abdumalik Abdullaev va Akbarsho Rashidanovlar kichik jarohatlar tufayli maydonga tushishmagan bo'lsa, Rahmatillo Berdimurodov oilaviy sabablarga ko'ra biroz ertaroq uyiga qaytgandi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan jamoa azolariga qisqa muddatlik tatil elon qilindi. Navbatdagi yig'in esa 4 yanvarda boshlanadi. Namanganda o'tadigan tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi 17 yanvarga qadar davom etadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика