"Navbahor": Ilhom Boydedaev jamoamiz yig'inida

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2016, 14:05
Kecha birinchi liga vakili “NBU-Osiyo” jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan nazorat uchrashuvidan keyin tarkibda ayrim o'zgarishlar kuzatildi.

Murabbiylar mashg'ulotlarda qatnashgan Ayubxon Gapparov, Aziz G'ulomxo'jaev, Doniyor Inamov va Farruh Nurliboevga javob berishga qaror qilishdi. Birinchi davrani Farg'onaning “Neftchi” klubida o'tkazgan Ilhom Boydedaev bugun ertalab, jamoamizning Toshkentdagi vaqtinchalik qarorgohiga yetib keldi. Boydedaev birinchi davraning yakuniy qismida jamoamiz mashg'ulotlarda qatnashishga ham ulgurgandi. Mavsumlar oralig'ida “Neftchi” klubiga ko'chib o'tgan yarim himoyachi ikkinchi davrani “Navbahor”da o'tkazishga yaqin turibdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz