"Navbahor": Ikkinchi davra boshlanmoqda
03 avg 2017 07:39
Yangiliklar
Jamoamizni “Obod”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni Toshkentda olib borayotganligidan xabaringiz bor.
Futbolchilarimiz 16-tur uchrashuviga ko'tarinki kayfiyatda hozirlik ko'rishmoqda. Hafta boshida tibbiy ko'rikdan o'tgan futbolchilarimizning yakuniy tibbiy xulosasi bugun malum bo'ladi. SHuningdek, bugun jamoamiz vakillari davralar oralig'ida tarkibga jalb etilgan futbolchilarni PFLda ro'yxatdan o'tkazishadi. “Obod” bilan o'tadigan uchrashuv esa 5 avgust kuni Toshkentdagi “Jar” o'yingohida soat 17.30da boshlanadi. Bir kun oldin bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi bahs ham 17.30da start oladi.
Yoshlar ishtirokidagi o'yin “Obod” jamoasiga qarashli maydonda bo'lib o'tadi. Avval “Navbahor” va “Obod” jamoalari o'rtasidagi bahsni Olim Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar brigadasini boshqarib borishi haqida xabar bergandik.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar