"Navbahor" ikki futbolchi bilan hayrlashdi
14 dek 2020 23:50
Yangiliklar


"Navbahor" ikki futbolchi bilan hayrlashdi
25 yoshli posbon Dilshod Hamroev “lochinlar” tarkibiga 2018 yilning 2-davrasidan qo'shilgandi hamda 2018 – 2020 yillar mavsumida Coca Cola Superligada jami 5 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 6 ta to'p o'tkazib yubordi.
26 yoshli hujumchi Ruslan Bolov esa jamoamiz tarkibiga shu yilgi mavsumda qo'shilib, Superliga - 2020 bahslarida 20 ta o'yinda maydonga tushib, jami 1037 daqiqa harakat qildi va raqiblar darvozasiga 3 ta gol urib, 1 ta golga assistentlik qildi.
SHuningdek, rossiyalik futbolchi Superliganing bu yilgi mavsumida 2 marta uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
“Navbahor” PFK Dilshod Hamroev hamda Ruslan Bolovga jamoamizdagi faoliyatlari uchun o'z minnatdorchiliklarini bildiradi va ularning keyingi faoliyatlariga omad yor bo'lishini tilaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar