So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  1 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

"Navbahor" faqatgina bir marta "Lokomotiv" maydonida g'alabaga erishgan Yangiliklar

"Navbahor" faqatgina bir marta "Lokomotiv" maydonida g'alabaga erishgan

Teglar :  LokomotivNavbahor
Superliganing 27-turi doirasidan o'rin olgan qiziqarli tarzda kechishi kutilayotgan bellashuv “Lokomotiv” o'yingohida bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekistonning 2 karra chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi “Navbahor” klubini qabul qiladi.  O'yin soat 18:00da start oladi.

SHu o'rinda ushbu ikki jamoaning o'zaro uchrashuvlari tarixiga etibor qaratadigan bo'lsak,  “Lokomotiv” shu paytga qadar “Navbahor”ga qarshi 28ta o'yin o'tkazgan.  O'zaro o'yinlarning 15tasida “temiryo'lchilar” jamoasi zafar quchgan.  8ta bellashuvda esa “lochinlar”ning “qo'li baland” kelgan.  Yana 5ta o'yin esa durang bilan nihoyasiga etgan.

“Loko” futbolchilari ushbu raqib darvozasini hozirgacha 50 marta ishg'ol etishgan bo'lsa, o'z darvozasidan esa 39 bor to'p o'tkazib yuborgan. “Lokomotiv”ning “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi 2016 yilgi mavsum ikkinchi davrasida qayd etilgan – 5:0.

“Temiryo'lchilar” o'z maydonida “Navbahor” bilan o'tgan 14 bahsning 11tasida g'alaba qozongan bo'lsa, 2 bahsda tomonlarning kuchi teng kelgan. “Lochinlar”ning “Loko” maydonidagi yagona g'alabasi  2010 yilning 24 aprelida qayd etilgan.

O'tgan bosqichdagi “Lokomotiv” stadionida kechgan bahs 3:1, “Navbahor” mezbonligidagi o'yin esa 2:0 hisobida yakunlangan.

Fakt: “Lokomotiv” ikkinchi bosqichda ochko yo'qotmagan yagona jamoa bo'lib turibdi.
“Lokomotiv” milliy chempionat doirasida o'z maydonida o'tgan so'nggi 16 bahsda yutqazmadi.
“Navbahor” safarda o'tgan so'nggi 5 o'yinda faqatgina mag'lubiyatga uchradi. Jamoaning so'nggi safar g'alabasi 6 may kuni Buxoroda qo'lga kiritilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика