"Navbahor" etakchilaridan biri klub bilan xayrlashdi
20 dek 2024 11:04
Yangiliklar
"Navbahor" etakchilaridan biri klub bilan xayrlashdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov Namangan klubini tark etdi.
Futbolchi instagramdagi sahifasida shunday so'zlarni yozib qoldirdi: "Barcha "Navbahor" klubi xodimlari, muxlislari va rahbarlariga o'tgan bir yil uchun katta rahmat".
O'tgan mavsum 28 yoshli futbolchi Superligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Oldinroq unga Qarshining "Nasaf" klubi qiziqayotgani haqida xabar ham chiqqan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar