O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Nasafga o'tishga yaqin

Khoja
15 dek 2024, 07:43
Olti yillik tanaffusdan so'ng Odil Hamrobekov yana Nasafga qaytishi mumkin.

Narzulla Saydullaevning ma'lum qilishicha, tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda va yarim himoyachi ortga qaytishga yaqin.

Ma'lumot uchun, Hamrobekov professional faoliyatini aynan Nasafda boshlagan. U 2013-19 yillarda aynan Qarshi jamoasida harakat qilgan. O'tgan mavsum 28 yoshli futbolchi Navbahorda o'tkazdi. Futbolchi Superligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol va 2 ta golga assist qildi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia