"Navbahor" ertaga yangi futbolchilarni tanishtiradi
23 mar 2019 08:34
Yangiliklar


"Navbahor" ertaga yangi futbolchilarni tanishtiradi
Namanganning “Navbahor” klubi yangi futbolchilarning taqdimot marosimini 24 mart kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda o'tkazadi.
Mazkur tadbirning aslida 8 mart kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgandi. Ammo "Navbahor" 2019 yilgi Superliganing 1-tur bahsini Toshkent shahrida o'tkazishi munosabati bilan ushbu tadbir sanasi o'zgarib, taqdimot marosimi boshqa kunga qoldirilgandi.
24 mart sanasida odatdagidek “lochinlar” safiga bu yil qo'shilgan yangi futbolchilarga joriy mavsumda to'p suradigan raqamlari yozilgan futbolkalar topshiriladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar