"Navbahor" ertaga “Odil Junior” futbol akademiyasida "Turon" bilan o'ynaydi
11 jan 2020 21:38
Yangiliklar
"Navbahor" ertaga “Odil Junior” futbol akademiyasida "Turon" bilan o'ynaydi
Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rayotgan Namanganning “Navbahor” jamoasi mazkur o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida 2ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirmoqda.
“Lochinlar”ga Pro-liga vakillari – “Turon” (Yaypan) va “Neftchi” (Farg'ona) jamoalari sparring- raqib bo'ladi.
Dastlabki nazorat-sinov bahsi ertaga, yani 12 yanvar kuni soat 14:00da To'raqo'rg'ondagi “Odil Junior” futbol akademiyasida yaypanliklarga qarshi o'tkaziladi.
Mazkur uchrashuvda “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis maydonga asosan ko'rikdan o'tayotgan legioner futbolchilarni tushirib, ularning mahoratlarini sinovdan o'tkazish niyatida.
"Neftchi" bilan kechadigan ikkinchi o'rtoqlik bahsi esa 16 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Ushbu o'yin Farg'onada o'tkaziladi. “Neftchi”ga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga aralash tarkibni tushirish rejalashtirilmoqda.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
16:45
Siavash Haqnazari: "Bizga kim raqib bo'lishining farqi yo'q, o'zimizning aniq maqsadimiz bor" 6
Fikrlar