So’nggi yangiliklar

16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  0 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  1 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  1 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  17

"Navbahor": “Dinamo” ham mag'lub etildi Yangiliklar

"Navbahor": “Dinamo” ham mag'lub etildi

Jamoamizning Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi o'tkazilgan uchrashuvi bundan bir necha daqiqa oldin o'z nihoyasiga etdi.

Bu safargi o'yinda ham futbolchilarimiz g'alabani qo'lga kiritishdi. Gollarga boy o'tgan bahsda 4:2 hisobi qayd etildi. Uchrashuv boshlarida Oybeq Qilichev Aziz Turg'unboevning uzatib bergan to'pidan keyin hisobni ochgan bo'lsa oradan biroz vaqt o'tib, samarqandliklar o'rtadagi muvozanatni tiklashdi. Bo'lim oxirlarida Abbos Otaxonov burchakdan oshirib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi. Ikkinchi bo'lim boshlarida “Dinamo” futbolchilari ikkinchi bor hisobni tenglashtirishdi. Raqibdan kuchliroq ekanliklarini amalda namoyish etgan futbolchilarimiz hakamning final xushtagi chalingunga qadar yana ikki bor muvaffaqiyat qozonishdi. Avvaliga Nemanya Yovanovich burchakdan oshirilgan to'pni to'rga joylab qo'ygan bo'lsa o'yindagi so'nggi golga Mirzohid G'ofurov mualliflik qildi. G'ofurov ikki himoyachi qurshovida bo'lishiga qaramay o'ng qanotdan uzatilgan to'pni mo'ljalga aniq yo'llay oldi.

Ilhom Mo'minjonov “Dinamo”ga qarshi o'yinda quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi: Asilbek Amanov, Abbos Otaxonov, Hasanboy Ergashev, Tohir SHamshitdinov,  Alisher Samatov, Azizbek Turg'unboev, Alisher Mirzaev, Oybek Qilichev, Timur Tolipov, Ro'zimboy Ahmedov, Nemanya Yovanovich. Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Ortiqov, Mansur Saidov, Dilshod Jabborov, Azam Aliev, Jahongir Mehmonov, Mirzohid G'ofurov, Ravshan Xursanov, Ilhom Boydedaev, Abduaziz Sultanov.

“Navbahor” navbatdagi nazorat uchrashuvini 14 fevral kuni “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика