"Navbahor" dastlabki yig'inni mag'lubiyat bilan yakunladi

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2018, 15:44
"Navbahor" bugun Toshkentda tashkil etilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inining dastlabki bosqichini yakunladi.

Dastlabki yig'in so'nggida Toshkentning "Bunyodkor" jamoasiga nazorat o'yini o'tkazildi. "Qaldirg'ochlar" bilan o'tgan bahsda 1:2 hisobi qayd etildi.

"Bunyodkor"ning har ikki bo'limda urgan bittadan goliga "lochinlar" Azamat Allaniyozovning aniq zarbasi bilan javob qaytarishdi. Allaniyozov penaltidan samarali foydalandi.

"Navbahor" uchrashuvni quyidagi tarkibda o'tkazdi: Abdumavlon Abdujalilov, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoevich, Avazbek Mamatho'jaev, Mirzohid G'ofurov, Oston O'runov, A'zam Aliev, Dilshod Sharofiddinov, Zohir Pirimov, Azizbek Turg'unboev, Azamat Allaniyozov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirzohid Mamatxanov, Ilhom Boydedaev, Ravshan Xursanov, Abbos G'ulomov, Shohzamon Hayrullaev.

Uchrashuvda kichik jarohat tufayli Dilshod Jabborov, Ayubxon No'monov va Yanis Lindalar ishtirok eta olishmadi. Mazkur o'yindan so'ng futbolchilarga qisqa muddatlik tatil e'lon qilindi. 23 yanvar kuni jamoa a'zolari Toshkentda to'planib tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga kirishishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Навбаҳор” матбуот хизмати