So’nggi yangiliklar

00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  0 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  28 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  18

"Navbahor": Dastlabki o'yin “Neftchi”ga qarshi Yangiliklar

"Navbahor": Dastlabki o'yin “Neftchi”ga qarshi

Avval xabar berib o'tganimizdek, “Navbahor” yoshlar jamoasi Farg'onada bo'lib o'tadigan “Hokim kubogi” musobaqasida ishtirok etadi.
Kuni kecha 30 yanvarda start oladigan turnir taqvimi tasdiqlandi. Qura natijalariga ko'ra Lyan boshchiligidagi yoshlarimiz “A” guruhidan o'rin olishdi. Guruhda futbolchilarimizga “Neftchi”, “Qo'qon-1912-2”, Andijonning “UzDongJu” va Yozyavonning “Yozyavon-lochinlari” jamoalari raqiblik qilishadi. Dastlabki uchrashuv 30 yanvar kuni “Neftchi” klubiga qarshi bo'lib o'tadi. Yoshlarimiz 2-turda dam olishsa 3-turda “UzDongJu” (3 fevral) bilan bahs olib borishadi. 5 fevral kuni "Qo'qon-1912" jamoasining ikkinchi tarkibi bilan kuch sinashsak, 6 fevralga belgilangan oxirgi o'yin “Yozyovon-lochinlari”ga qarshi bo'lib o'tadi. Umuman olganda bu yilgi musobaqada vodiyning 10 ta jamoasi ikki guruhga bo'lingan holda bosh sovrin uchun bahs olib boradi. “V” guruhidan esa “Qo'qon-1912”, “Neftchi-2”, “Cementchi”, “Andijon-2” va “FarDu-Futbolinfo” jamoalari joy olishgan. Guruhlarda peshqadamlikni qo'lga kiritgan jamoalar 7 fevral kuni finalda kuch sinashishsa 2-o'rin sohiblari uchinchi o'rin uchun bahs olib borishadi. 
Bugun yoshlarimiz Andijonda birinchi liga vakili “UzDongJu” bilan navbatdagi nazorat o'yinida kuch sinashishdi. Keskin va murosasiz ruhda o'tgan o'yinda maydon egalarining yagona kiritgan goli andijonliklarning g'alabasini taminladi. Yodingizda bo'lsa “UzDongJu” bir hafta oldin Namanganda mehmon bo'lib, Lyan shogirdlari bilan 1:1 hisobida durang qayd etgandi. Yoshlarimiz “UzDongJu” bilan yana bir bor kuch sinashish imkoniga ega bo'lishadi. Bu safargi qarama-qarshilik “Hokim kubogi” turnirida bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика