"Navbahor" darvozaboni "Paxtakor"ga qarshi o'ynamaydi
22 apr 2018 18:16
Yangiliklar
"Navbahor" darvozaboni "Paxtakor"ga qarshi o'ynamaydi
Superliganing 8-turida "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Saytimizga namanganlik muxlisdan quyidagi savol kelib tushdi: "Navbahor" darvozaboni Botirali Ergashev va Davron Hoshimov "Paxtakor"dan ijaraga olingan. Ular "Paxtakor"ga qarshi o'ynay olishmaydimi? SHunga aniqlik kiritinglar.
Biz ushbu savol yuzasidan "Navbahor" klubi vakillariga murojaat qildik. Botirali Ergashev "Paxtakor"ga qarshi o'ynay olmasligi aniq. CHunki 25 aprel kuni u O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Indoneziyaga uchib ketadi. Davron Hoshimov esa "Paxtakor"dan ijaraga olinmagan u erkin agent sifatida "Navbahor"ga kelgan.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi 25 aprel kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar