So’nggi yangiliklar

22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  1 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  10 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  95 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

"Navbahor": "CHempionlarni maydonda ko'rishga shoshiling! Yangiliklar

"Navbahor": "CHempionlarni maydonda ko'rishga shoshiling!

Teglar :  Navbahor
Avval xabar berganimizdek, shu yilning 27 fevral kuni Namangandagi “Navbahor” o'yingohida jamoamizning O'zbekiston chempionligining qo'lga kiritganligining 20 yilligi munosabati bilan tadbir bo'lib o'tadi.
1996 yilgi mavsumda “Navbahor” safida to'p surib, chempionlikka munosib ulush qo'shgan futbolchilar 20 yildan keyin yana bir bor “Navbahor” o'yingohida saf tortishadi. Ayni paytda “Navbahor-chempion” shou-prezintaciya tadbiriga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Namangan viloyati hokimi X.Bozarov tomonidan tasdiqlangan tadbirlar rejasiga ko'ra 27 fevral sanasida “Navbahor” o'yingohida muxlislar uchun katta bayram dasturi taqdim etiladi. Xalqimiz ardog'idagi sanatkorlar – Ozodbek Nazarbekov, Alisher Fayz, Malika Egamberdieva va Gulasal Abdullaeva kabi xonandalar shou tadbiriga o'ziga xos shukuh baxsh etishadi.

Bugungi kunda ko'pchilik muxlislarimizni bayram tadbirini qay tarzda o'tkazilishi qiziqtirayotganligi bor gap. “Navbahor” o'yingohida bo'lib o'tadigan tadbir 27 fevral kuni soat 15.00 da boshlanadi. O'yinohga yig'ilgan muxlislar 1996 yilgi chempionlarni yana bir marta maydonda ko'rish bilan bir qatorda sanatkorlarning chiqishlaridan ham bahramand bo'lishadi. Tadbir davomida tomoshabinlar “Navbahor” jamoasining 1996 yilgi va bu yilgi tarkiblari o'rtasida shou uchrashuvining guvohiga ham aylanishadi.  Bundan tashqari ishqibozlar 2016 yilgi O'zbekiston chempionatida “Navbahor” sharafini himoya qiladigan futbolchilar bilan tanishish imkoniga ham ega bo'lishadi.

Demak, 27 fevral sanasida futbolga va “Navbahor”ga befarq bo'lmagan muxlislarni haqiqiy bayram tadbiri kutib turibdi. Fursatdan foydalanib, barcha ishqibozlarni “Navbahor” o'yingohiga chorlab qolamiz.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика