So’nggi yangiliklar

13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0 13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  37 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7

"Navbahor": CHempionat g'alaba bilan boshlandi Yangiliklar

"Navbahor": CHempionat g'alaba bilan boshlandi

Teglar :  Navbahor
Avval xabar berib o'tkanimizdek, bugun Namangan shahrida 2005 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.

Bugun chempionatning dastlabki tur uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Qatnashchilar uchta guruhda ishtirok etayotganliklari sababli har bir turda uchtadan o'yin o'tkaziladi. Mazkur musobaqada qatnashayotgan Namangan viloyati terma jamoasi o'zagini “Navbahor” futbol klubi qoshida faoliyat yuritayotgan “Navbahor-Umid” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari tashkil etishmoqda. Vakillarimiz “V” guruhida Buxoro va Navoiy viloyatilik tengqurlari bilan bahs olib borishmoqda. Futbolchilarimiz dastlabki turda Navoiy viloyati terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. O'yinda raqibidan har tomonlama ustunligini namoyish etgan tarbiyalanuvchilarimiz yakunda 4:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishdi. Jamoamizning gollariga Mahammadsodiq Abdullaev (2 ta), Diyor Bahromjonov va Abror Olimovlar mualliflik qilishdi. Ertaga ikkinchi tur uchrashuvlari davom ettiriladi. O'zbekiston chempionatini g'alaba bilan boshlagan futbolchilarimiz 2-turda dam olishadi.

Dastlabki tur natijalari
“A” guruhi
Toshkent v. – Andijon – 1:0
“V” guruhi
Namangan – Navoiy – 4:1
“S” guruhi
Farg'ona – Toshkent – 2:2.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика