So’nggi yangiliklar

21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  0 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  0 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  3 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  1 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  17 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   7 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  24 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  7 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1

"Navbahor" bugun peshqadamga aylanishi mumkin yoxud "lochinlar"ning parvozi va tozalanayotgan "Buxoro" (tahlil) Yangiliklar

"Navbahor" bugun peshqadamga aylanishi mumkin yoxud "lochinlar"ning parvozi va tozalanayotgan "Buxoro" (tahlil)

Garchi bugungi uchrashuv markaziy maqomda bo'lmasa ham, jamoalar orasidagi farq katta kattaligiga qaramay qiziqarli uchrashuv bo'lishi shubhasiz.

 Ayniqsa bu o'yinda maydon egalarining ochko yo'qotishga haqqi yo'q. Mehmonlarga esa 1 ochko ham ochko, g'alaba esa nur ustiga alo nur. O'z-o'zidan "Navbahor" - "Buxoro" uchrashuviga to'xtalamiz. 

O'zaro o'yinlar 

Jamoalar shu kungacha Superliga doirasida jami 58 marotaba yashil maydonda uchrashishgan. Katta ustunlik "Navbahor" tomonida 32 g'alaba, "Buxoro" bu ko'rsatkich 16tani tashkil qiladi. To'plar nisbati 105-62. Namanganda o'tgan 29 to'qnashuvning 22tasida "lochinlar"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 4ta o'yinda "Buxoro"ning omadi kelgan. 3ta uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. "Ko'hna shahar" jamoasi raqibini so'nggi marotaba 2016 yilgi mavsumda mehmonda taslim qilgan. Keyingi 9ta bellashuvning 3tasida durang, 6tasida "Navbahor" g'alabani o'ziniki qilgan. Ulug'bek Bakaev "Buxoro"da ishlagan dastlabki 2 mavsumida ham buni uddasidan chiqa olmagandi (5ta mag'lubiyat 1ta durang). Lekin bu ishni u "So'g'diyona" bilan 4 marotaba uddalagan. 



So'nggi uchrashuv

BUXORO – NAVBAHOR - 0:0

1 oktyabr. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadioni. 17:00

Hakamlar: Asker Najafaliev, Olim Abduvosilov, Ruslan Serazitdinov, Abdurashid Xudoyberganov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev

Komissar: Zohid Akramov 

"Buxoro": 20.Sardor Qobuljonov, 4.Mirjalol Jumaev, 5.Bobirjon Amanov, 7.Suhrob Nematov, 9.Jasur Hakimov (99.Muhammad G'iyosov, 46), 11.Zohir Pirimov (33.Javohir SHodmonov, 90+3), 17.Behruz Sadilloev (71.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 64), 19.Bekzod Saidov, 28.Ergash Ismoilov, 77.Izzat Abdullaev (21.Abbosbek Jumaqulov, 27) (76.Abdug'ani Kamolov, 90+3), 98.Solibek Karimov.

Zaxira: 91.Zafar Safaev, 8.Anvarjon Jo'raev, 26.Abror Xosinov, 93.Maksimilian Fomin, .

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 4.Ehsoni Panshanbe, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov (18.Sardor Telyakov, 66), 10.Azizbek Turg'unboev, 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Davron Hoshimov (33.Tohirjon SHamsitdinov, 66), 22.Igor Golban, 28.Xurshidbek Muxtorov, 70.Abbosjon G'ulomov (11.Islombek Isoqjonov, 58), 95.Zabihillo O'rinboev (88.Ruslan Bolov, 58).

Zaxira: 23.Dilshod Hamroev, 5.G'iyosjon Komilov, 25.SHohruh Mahmudhojiev, 27.Islom Rashidxonov, 72.Pavel Golishev, .

Ogohlantirishlar: Abbosbek Jumaqulov 56, Ivan Solovyov 63, Tohirjon SHamsitdinov 68.


"Paxtakor" yo'qotgan ochko "Navbahor"ni peshqadamga aylantirishi mumkin 

"Paxtakor"ning "Andijon" bilan o'yinda yo'qotgan ochkosi raqiblariga tekin sovg'a vazifasini bajarsa ajabmas. Ayni paytdagi holatga ko'ra "sherlar" 28 ochko bilan 1, "Navbahor" 26 ochko bilan 2 o'rinda ketmoqda. Tabiiyki Samvel Babayanni bugun durang ham qoniqtirmaydi. G'alaba esa jamoani birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlash imkonini beradi. Tasodifmi yoki o'xshashlik, "Navbahor" 2022 yilgi mavsumda ham tanaffusga turnir jadvalida birinchi o'rin bilan yo'l olgan, biroq yakunda chempionlik "Paxtakor"ga nasib qilgan. 


"Navbahor" chempionmi? SHoshilmang

"Navbahor" hozirgacha Superligada 12ta uchrashuv o'tkazishga, 26 ochko ulgurdi. 8 g'alaba, 2 durang, 2 mag'lubiyat qayd etdi, to'plar nisbati 22-6. Bu o'tgan yilning birinchi davrasiga nisbatan yaxshi ko'rsatkich, deya olamiz. Agarda jamoa bugun o'z uyida g'alaba qozonsa, 29 ochko jamg'aradi.  "Navbahor"ning o'yinida sifat tomonlama nisbatan o'sish kuzatilganligi, vaziyatlardan foydalanish koefficenti, hujumkor uslubga o'tganligidan dalolat beradi. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham borki, "Navbahor"dagi kuchli tarkib fonida qolgan jamoalar kuchsiz sifatida ko'rinayotgani ham bor gap. Deylik mavsum boshida "Qizilqum", "Metallurg" "So'g'diyona", keyin "Bunyodkor"ning yirik hisoblarda taslim qilinishi bu raqiblarning kuchsizlangani bilan bog'liq. Haqiqatdan ham davra yakuniga kelib shunday bo'lib chiqyapti. Ammo Samvel Babayan 4ta etakchiga qarshi maydonga chiqqan bo'lsa, ularning barida g'alabani qo'lga kiritgani yo'q. "Paxtakor" (1:2), OKMK (1:2), "Nasaf" (0:0), "Neftchi" (0:0). Bu o'yinlarda aytarli hech narsa qila olishmadi. Boshqa jihati bu jamoalarning bari ikkinchi davrada Namanganga boradi, qiziq! Ammo ikkinchi davrada haqiqiy sinov kutayapti. OCHL bahslarida jamoa katta kuch yo'qotishi, zich taqvimdan chiqib ketishi oson bo'lmaydi. SHu pallada biz "lochinlar"ning mahoratini sinovdan o'tkazamiz. 

Eng yaxshi transfer - Oston O'runov 

"Navbahor"ning birinchi davradagi haqiqiy zo'r transferi bu Oston O'runov bo'ldi. O'tgan yili Jamshid Iskanderov asosiy planda gavdalangan bo'lsa, bu yil Oston katta sahnaga chiqmoqda. U "Navbahor" tarkibida kubok va chempionat bahslarida 15ta uchrashuvda 7ta gol urdi, har 2.14 òyinda bitta gol urgan. Agar uni bloklashni, zararsizlantirishni imkoni topilsa "Navbahor"ning o'yini izdan chiqishi mumkinligini "Neftchi" ko'rsatib berdi. Samvel Babayanning ishbilarmonlik qobiliyatiga doim yuksak baho berib kelganman va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Qancha murabbiylar Oston O'runov bilan til topisha olmayotgan bir pallada Babayan uni o'zgartira oldi va o'ynatishni bilyapti. Bu orqali Oston terma jamoada ham muhim figuraga aylanib bormoqda. Osiyo kubogida Katanec undan asosiy qurol sifatida foydalanadi. U nihoyat jamoaviy o'yinga moslashayotganidan, o'rganayotganidan xursandman. Oldinlari individual harakatlaridan haddan tashqari keraksiz pallada foydalanib yuborardi. Bu esa to'pni yo'qotishga, jamoaga esa zararga ishlardi. 

"Buxoro"ni tozalayotgan Bakaev 

Ulug'bek Bakaev birinchi davra tugamasidanoq tarkibdagi aksariyat futbolchilarga javob berib yuborishga qaror qildi. Unda hozir davrani shu futbolchilar tugatib qo'yishdan o'zga chorasi yo'q. SHu bois u "Buxoro"ga o'zi bilgan, uslubiga mos tushadigan futbolchilarni jalb qilish harakatida. Mendagi malumotlarga qaraganda jamoaga keladigan 5 nafar futbolchidan 3tasi legioner bo'ladi. SHohruz Norxonovda Jizzax va Buxorodan birini tanlash imkoniyati mavjud. Klub ko'proq hujumchi transferi ustida ish olib borishi kerak. Jamoa so'nggi 4ta uchrashuvda raqib darvozasiga 15ta aniq zarba yo'llagan va 1ta gol urgan, xolos. Realizaciya juda past, birinchi davrada 12ta o'yinda 6ta gol urilgan, 17ta gol o'tkazib yuborilgan. Bugungi g'alaba jamoaning turnir jadvalidagi o'rnini o'zgartirmaydi, "Qizilqum" bilan ochkolar teng kelgan taqdirda o'zaro o'yinlardagi mag'lubiyat hisobiga o'z joyida qoladi. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика